Remko Pasveer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Remko Pasveer
Pasveer 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Remko Jurian Pasveer[1]
Tavallud sanasi 8-noyabr 1983-yil (1983-11-08) (40 yosh)
Tavallud joyi Enschede, Niderlandiya
Boʻyi 1.88 m[1]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ajax
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SC Enschede
0000—2003 Twente
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003—2006 Twente 14 (0)
2006—2014 Heracles Almelo 134 (0)
2008—2010Go Ahead Eagles (ijara) 74 (0)
2014—2017 PSV 5 (0)
2017—2021 Vitesse 92 (0)
2021— Ajax 34 (0)
Milliy terma jamoa
2022— Niderlandiya 2 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(12-noyabr uchun)

Remko Jurian Pasveer (talaffuzi: Remko Pasvir; 1983-yil 8-noyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Erediviziyaning Ajax klubi va Gollandiya terma jamoasi darvozaboni

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Twente[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pasveer mahalliy SC Enschededa futbol oʻynay boshlagan. Twentega oʻtib, 2003-yildan 2006-yilgacha Cees Paauwe va Sander Boschkerdan keyingi 3-zaxira darvozaboni boʻlgan.

Heracles Almelo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilning yozida Herakles Almeloga oʻtdi. 2008—2009- va 2009—2010-yilgi mavsumlarda Eerste Divizionida vakili Go Ahead Eagles jamoasida ijarada oʻynadi[2]. 2010—2011-yilgi mavsumda Pasveer asosiy darvozabon sifatida Geraklesga qaytdi[3].

Remko Pasveer PSV mashgʻulotlarida, 2014-yil iyul

PSV[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning yozida Pasveer PSV bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4]. Eindhoven klubidagi rasmiy debyutini 2014-yilning 21-avgustida, 2014—2015-yilgi UEFA Yevropa Ligasi doirasidagi so‘nggi saralash bosqichida Shakhtyor Soligorsk klubiga qarshi o‘tkazdi[5]. Oʻsha mavsumda KNVB kubogi va Yevropa ligasi oʻyinlarida yana bir necha bor oʻynadi. PSV Erediviziya chempionligini qoʻlga kiritganidan bir hafta oʻtgach[6], Pasveer klub safida 32-turda Excelsiorga qarshi oʻyinda debyut qildi[7]. 2016-yil 8-may kuni PSV bilan ketma-ket ikkinchi marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi[8]. 2016-yilning 1-noyabrida UEFA Chempionlar ligasida Bayernga qarshi oʻyinda (1:2) maydonga tushdi[9].

Vitesse[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pasveer 2017-yilning iyul oyida Vitesse bilan shartnoma imzoladi[10]. 2017-yilning 5-avgustida „Feyenoord“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[11]. 2019—2020-yilgi mavsumda „Vitesse“ muxlislari tomonidan „Yil futbolchisi“ deb topildi[12].

Ajax[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 23-aprelida Pasveer „Ajax“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagani maʼlum bo‘ldi[13]. Klubdagi debyutini 7-avgust kuni PSVga qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi[14][15]. 2021—2022-yilgi mavsumning 12-turigacha ichki chempionatda atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborgani[16]. Bu rekord boʻldi, chunki bungacha Erediviziyada hech bir darvozabon dastlabki 12 oʻyin davomida bunday kam gol oʻtkazib yubormagan edi[17].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pasveer Gollandiya terma jamoasi bilan 2006-yili Portugaliyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan[18].

2022-yil 22-sentabrda Gollandiya terma jamoasi safida 2022—2023-yilgi UEFA Millatlar ligasi o‘yinida Polshaga qarshi asosiy tarkibda debyut qildi[19].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[20]
Klub Mavsum Liga KNVB kubogi Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Twente 2003—2004 Erediviziya 4 0 0 0 4 0
2004—2005 Erediviziya 2 0 0 0 2 0
2005—2006 Erediviziya 8 0 0 0 8 0
Jami 14 0 0 0 14 0
Go Ahead Eagles (ijara) 2008—2009 Eerste Divisie 38 0 1 0 39 0
2009—2010 Eerste Divisie 36 0 5 0 4[lower-alpha 1] 0 45 0
Jami 74 0 6 0 4 0 84 0
Heracles Almelo 2010—2011 Erediviziya 34 0 2 0 2[lower-alpha 2] 0 38 0
2011—2012 Erediviziya 34 0 5 0 39 0
2012—2013 Erediviziya 33 0 4 0 37 0
2013—2014 Erediviziya 33 0 3 0 36 0
Jami 134 0 14 0 2 0 150 0
PSV 2014—2015 Erediviziya 2 0 3 0 3[lower-alpha 3] 0 8 0
2015—2016 Erediviziya 0 0 4 0 0 0 0 0 4 0
2016—2017 Erediviziya 3 0 2 0 1[lower-alpha 4] 0 0 0 6 0
Jami 5 0 9 0 4 0 0 0 18 0
Vitesse 2017—2018 Erediviziya 26 0 1 0 6[lower-alpha 3] 0 1[lower-alpha 5] 0 34 0
2018—2019 Erediviziya 7 0 2 0 0 0 4[lower-alpha 6] 0 13 0
2019—2020 Erediviziya 26 0 2 0 28 0
2020—2021 Erediviziya 33 0 2 0 35 0
Jami 92 0 7 0 6 0 5 0 110 0
Ajax 2021—2022 Erediviziya 20 0 1 0 6[lower-alpha 4] 0 1[lower-alpha 5] 0 28 0
2022—2023 Erediviziya 14 0 0 0 6[lower-alpha 4] 0 0 0 20 0
Jami 34 0 1 0 12 0 1 0 48 0
Jami faoliyati 353 0 37 0 22 0 15 0 424 0
  1. Appearances in Eerste Divisie Promotion play-offs
  2. Appearances in Eredivisie European play-offs
  3. 3,0 3,1 Appearances in UEFA Europa League
  4. 4,0 4,1 4,2 Appearance(s) in UEFA Champions League
  5. 5,0 5,1 Appearance in Johan Cruyff Shield
  6. Appearances in Eredivisie Europa League play-offs

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

25-sentyabr, 2022-yil holatiga koʻra[21]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Niderlandiya 2022 2 0
Jami 2 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Heracles Almelo

  • KNVB kubogi sovrindori: 2011—2012

PSV

  • Erediviziya: 2014—2015, 2015—2016[6][8]
  • Johan Cruyff Shield: 2016, 2017

Ajax

  • Erediviziya: 2021—2022

Niderlandiya U21

  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2006[18]

Individual

  • Vitessening eng yaxshi futbolchisi: 2019—2020

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Squad List: FIFA World Cup Qatar 2022: Netherlands (NED)“. FIFA (2022-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-noyabr.
  2. „Pasveer wijkt nog een jaar uit naar Go Ahead Eagles“ (nl). Voetbal International (2009-yil 1-may).
  3. „Pasveer vertrekt bij Heracles, AZ laat Gudmundsson gaan“ (nl). NU (2014-yil 31-mart).
  4. „Pasveer: 'Krijg bij PSV eerlijke kans op basisplaats'“ (nl). Voetbal International (2014-yil 26-iyun).
  5. „Cocu: "Platform voor Pasveer om zich te laten zien"“ (nl). FCUpdate.nl (2014-yil 21-avgust).
  6. 6,0 6,1 „PSV year in pictures 2015“. PSV Eindhoven (2015-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 2-aprel. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "psv1415" defined multiple times with different content
  7. „PSV met Pasveer en Isimat-Mirin tegen Excelsior“ (nl). NU (2015-yil 25-aprel).
  8. 8,0 8,1 „PSV Eindhoven clinch Eredivisie title after Ajax fail to win“ (en). the Guardian (2016-yil 8-may). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "psv1516" defined multiple times with different content
  9. „Pasveer kijkt uit naar Bayern München“ (nl). RTL Nieuws (2016-yil 29-oktyabr).
  10. „PSV-doelman Pasveer (33) tekent voor drie jaar bij Vitesse“ (nl). NU (2017-yil 5-iyul).
  11. Krabbendam, Martijn. „Teleurgestelde Room meldt zich ziek, Pasveer keept in JC Schaal“ (nl). Voetbal International (2017-yil 3-avgust).
  12. „Remko Pasveer speler van het jaar seizoen 19|20“ (nl). Supportersvereniging Vitesse (2020-yil 1-iyul).
  13. „Ajax signs Remko Pasveer“. english.ajax.nl (2021-yil 23-aprel).
  14. „PSV vernedert tiental Ajax in strijd om Johan Cruijff Schaal“ (nl). NU (2021-yil 7-avgust).
  15. „Ajax vs. PSV - 7 August 2021 - Soccerway“. int.soccerway.com. Qaraldi: 2021-yil 9-avgust.
  16. „Ajax resultaten - Voetbal, Nederland“ (nl). flashscore.nl. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  17. „Ajax - UCL - Matches“ (en). UEFA.com. Qaraldi: 2021-yil 3-dekabr.
  18. 18,0 18,1 Dijk. „Dit zijn de spelers die in 2006 met Jong Oranje de EK-finale wonnen“ (nl). Elfvoetbal.nl (2019-yil 4-iyun). Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "jong-oranje" defined multiple times with different content
  19. „Remko Pasveer is op 1-na-oudste debutant in Oranje ooit“ (nl-NL). Sportnieuws (2022-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 25-sentyabr.
  20. „R. Pasveer“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 5-iyul.
  21. „Remko Pasveer“. EU-Football.info. Qaraldi: 2022-yil 22-sentyabr.