Reley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reley, Reyli (Rayleigh) Jon Uilyam [lord unvonini olguncha (1873) — Strett (Strut:); (1842.12.11, LengfordGrov — 1919.30.6, TirlingPleys] — ingliz fizigi, tebranish nazariyasi asoschilaridan biri; London Qirollik jamiyati aʼzosi (1873 yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1865), J.K. Maksvell oʻlimidan keyin shu universitet prof. (1879 yildan) va Kembrij universiteti krshidagi Kavendish lab. direktori. Britaniya Qirollik instituti prof. (1887 yildan).

Ilmiy ishlari akustika, tebranish nazariyasi, optika, elektr va fizikaning boshqa sohalariga oid. U guruhdi va fazaviy tezliklar farqini tushuntirib berdi va guruqli tezlik formulasi (Reley formulasi)ni yaratdi. R. mutlaq qora jism nurlanishining qonunlaridan biri — shu jism nurlanish spektrida energiya taqsimotining traga bogʻlikligini ifodalaydigan qonun (Reley — Jins nurlanish qonuni)ni ishlab chiqdi (1900), bu qonun kvant nazariyaning yaratilishida muhim oʻrin egalladi. R. yorugʻlik sochilishining molekulyar nazariyasiga asos soldi. U U. Ramzay bilan birgalikda argonni kashf etdi (1894). Nobel mukofoti laureati (1904).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil