Qizil ogohlantirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Red Notice (film)dan yoʻnaltirildi)
Qizil ogohlantirish
Red Notice

Rasmiy chiqishli poster
Rejissyor(lar) Rawson Marshall Thurber
Prodyuser(lar)
  • Beau Flynn
  • Dwayne Johnson
  • Ada Bachev
  • Rawson Marshall Thurber
  • Hiram Garcia
Ssenariynavis(lar) Rawson Marshall Thurber
Rollarda
Bastakor(lar) Steve Jablonsky
Kinematografiya Markus Förderer
Muharrir(lar) Michael L. Sale
Studiya(lar)
  • Flynn Picture Company
  • Seven Bucks Productions
  • Bad Version, Inc.
Distribyutor Netflix
Chiqarilgan sanasi
  • 5-noyabr, 2021-yil(2021-11-05) (AQSh)
Davomiyligi 118 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $200 million
Daromadi $2 million
(taxminan)

Qizil ogohlantirish (inglizcha: Red Notice) 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan hamda Rawson Marshall Thurber tomonidan suratga olingan jangari va komedik janrdagi AQSh filmidir. Filmda bosh qahramonlarni Dwayne Johnson, Ryan Reynolds va Gal Gadot jonlantirishgan. Bu film Thurber va Johnson oʻrtasidagi Central Intelligence (2016) va Skyscraper (2018) filmlaridan keyin uchinchi birgaliklikda olingan filmdir.

Filmni dastlab Universal Pictures tomonidan 2019-yilning 8-iyulida chiqarish rejalashtirilgandi, biroq 2019-yilning 8-iyulda Netflix filmni tarqatish huquqini sotib oldi.[1] 2021-yilning 5-noyabridan kinoteatrlarda namoyish etildi.[2] Film tanqidchilar tomonidan salbiy qarshilandi.

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Interpol tomonidan chiqarilgan „qizil bildirgi“ jahon miqyosida qidiruvda boʻlganlarni qoʻlga olish uchun global ogohlantirishdir. FQBning eng yaxshi josusi boʻlmish John Hartley (Johnson) Sarah Black (Gadot) tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan oʻgʻrilikni oldini olish va uni qoʻlga tushirish uchun oʻgʻri Nolan Booth (Reynolds) bilan istar-istamas birlashadi.[3]

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 26-fevralida Steve Jablonsky Qizil ogohlantirish filmida bastakor boʻlishini eʼlon qildi. Jablonsky bungacha rejissor Rawson Marshall Thurber bilan Skyscraper (2018) filmida birga ishlagan.[4]

Reaksiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kassa yigʻimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Netflix tarqatgan filmlarining umumiy kassa yigʻimlari haqida hisobot bermasa-da, sanoat insayderlari Qizil ogohlantirish filmi prokatdagi ilk haftasida $2 million ishlab topganligini taxmin qiladi (kartina 750 ta kinoteatrda namoyish etilgan).[5]

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Red Notice haqida 63 ta maqola yigʻilib, ulardan 43 foizi filmni ijobiy baholaydi (oʻrtacha reytingi 4.9/10).[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Fleming, Mike „Netflix Takes 'Red Notice'; Ryan Reynolds Joins Dwayne Johnson & Gal Gadot In Rawson Marshall Thurber-Directed Global Heist Film“. Deadline Hollywood (8-iyul 2019-yil). Qaraldi: 7-fevral 2020-yil.
  2. Brockington, Ariana „Ryan Reynolds, Dwayne Johnson Team Up to Stop Gal Gadot’s Heist in Netflix’s ʻRed Notice’ Trailer“. Hollywood Reporter (21-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2021-yil.
  3. „Red Notice movie“. Movie Insider. Qaraldi: 6-noyabr 2021-yil.
  4. „Steve Jablonsky to Score Rawson Marshall Thurber's 'Red Notice'“. Film Music Reporter (26-fevral 2020-yil). Qaraldi: 3-mart 2020-yil.
  5. D'Alessandro, Anthony „'Eternals' Seeing Possible $70M+ Opening Weekend: Why This Is A Wake-Up Call For The MCU; 'Red Notice' Box Office Unreported“. Deadline Hollywood (7-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
  6. „Red Notice (2021)“. Qaraldi: 5-noyabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]