Razin qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Razin qoʻzgʻoloni, Stepan Razin boshchil igidagi dehqonlar urushi (1670—71) — Rossiyada pomeshchiklarga va krepostnoylikka qarshi dehqonlar urushi. Don, Volgaboʻyi va Volga ortiga yoyilgan. 17-asr oʻrtasida krepostnoy dexdonlarni asoratga solishning juda kuchayishi tufayli kelib chiqqan. Urushga S.T.Razin, V.R.Us, F.I.Sheludyak va boshqa boshchilik qilgan. Bu urushda harakatlantiruvchi kuch — krepostnoy dehqonlar, kazaklar, savdogarlar, hunarmandlar va Volga boʻyining rus boʻlmagan xalqlari (chuvashlar, marilar, mordvalar, tatarlar) boʻlgan. Razin otryadlari 1670-yilning kuzida quyi Volgaboʻyini egallaganlar. Shu yilning avg .da Razin katta qoʻshin (taxminan 10 ming kishi) bilan Saritsindan chiqib, Volga boʻylab Moskva tomon yurgan va sent.da Simbirskiy qamal qilgan. Ayni paytda qoʻzgʻolonchilar otryadlari Kurmish, Alatir, Saransk, Penza va boshqa joylarni ham qoʻlga kiritganlar. Qoʻzgolonchilar okt.da Simbirsk ostonalarida magʻlubiyatga uchradilar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil