Raxim Xudoyberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raxim Egamberdiyevich Xudoyberdiyev (1922.1.1— Toshkent — 2003.17.3) — anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971); tibbiyot fanlari doktori (1957), professor (1958). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgach (1943), shu institut anatomiya kafedrasida aspirant (1943— 46), assistent (1946—50), dotsent (195057). 1960-yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi anatomiya kafedrasi mudiri, pediatriya (1960—71), stomatologiya ftlari (1971—73) dekani. Ilmiy ishlari turli aʼzolarning kon bilan taʼminlanishi va qon tomirlar jarohatlanganda yangi qon aylanish yoʻllari hosil boʻlishiga oid.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Plastichnost venoznogo rusla v usloviyax ostroy travmi osnovnix venoznix magistraley konechnosti, T., 1974; Odam anatomiyasi, 2nashr, T., 1975.