Raxat Aliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Raxat Aliyev
qozoqcha: Рахат Мұхтарұлы Әлиев
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1962-yil 10-dekabr
Olmaota
Vafoti 2015-yil 24-fevral
Vena, Avstriya
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Millati Qozoq
Turmush oʻrtogʻi Darigʻa Nazarboyeva (2007-yilgacha)
Bolalari Nurali Raxatovich, 1985-yil, Aysulton Raxatovich, 1990-2020, Venera Raxatovina, 2000-yil.

Aliyev Raxat Muxtorovich (1962-yil 10-dekabr, Olmaota — 2015-yil 24-fevral, Vena) — tadbirkor va siyosatchi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1962-yili tugʻilgan Oʻrta juzning Qoʻngʻirot qabilasining Jamanbay urugʻining Kiyikshi boʻlimidan[1][2].

Olmaota davlat tibbiyot institutin, „Adilet“ oliy yuridik maktabin tamomlagan. Tibbiyot va iqtisod fanlarining doktori. Ingliz tilini oʻzlashtirgan. Favqulodda va muxtor vakil I sinfli Vakil diplomatiya darajasi bor.

1986-93-yillar ilmiy ish bilan shug‘ullangan.

1993-96-yillar tadbirkorlik faoliyatida.

1996-97-yillar Qozog‘iston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Soliq politsiyasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari.

1997-98-yillar Olmaota shahar soliq politsiyasi boshqarmasi boshligʻi, Qozogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi Soliq politsiyasi departamenti direktori.

1998-99-yillar Birinchi vazir oʻrinbosari — Qozog‘iston Respublikasi Davlat daromadlari vazirligining Soliq politsiyasi qo‘mitasi raisi.

1999-2000-yillarOlmaota shahri va Olmaota viloyati Milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i. 2000-2001-yillarda — Qozog‘iston Respublikasi Milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari.

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

II darajali „Danq“ ordeni va „Qozog‘iston Respublikasining parlamentiga 10 yil“ yubiley medalining sohibi. 2008-yilning 20-aprelida Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan barcha mukofotlardan, „Moliya politsiyasi general-mayori“ maxsus unvonidan, „general-mayor“ harbiy unvoni va elchi unvonlaridan mahrum qilingan. .

Oilaviy ahvoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq rafiqasi Darigʻa Nazarboyeva bilan (Nursulton Nazarboyevning qizi) uchta farzandi: Nurali Raxatovich, 1985-yil, Aysulton Raxatovich, 1990-2020, Venera Raxatovina, 2000-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]