Ravon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ravon — ilk oʻrta asrlardagi Tohariston shaharlaridan biri. Qunduz shahridan shim.sharqda, Hazrati Imom sh. va Toliqon qishlogʻi oraligʻida joylashgan. 9-asrda R. jome masjidi bor kichik shahar boʻlgan. R. atrofi obod, ov qilish uchun qulay joy sanalgan. R. aholisi eski dinlarini 10-asrgacha saqlab kelganlar. Ibn al-Faqihning yozishicha, arablar kelgunicha Navbahor ibodatxonasining bosh kohini Barmak R. rustoqiga egalik qilgan va R. aholisi uning qullari hisoblangan. R. rustoqining maydoni 8x4 farsaxni tashkil etgan. 18-asrda Tohariston rustoklari orasida Shahri Ravon nomi qayd etib oʻtilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazichnim istochnikam IX—nachala XIII vv., T., 1996.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil