Ravil Abdrshin
Ravil Xayrullayevich Abdrshin | |
---|---|
Asl ismi | Ravil Xayrullayevich Abdrshin |
Tavalludi |
8-noyabr 1925-yil Novomusino qishlogʻi, Orenburg, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
8-noyabr 1943-yil (18 yosh) Ukraina viloyati, Ukraina |
Fuqaroligi |
![]() |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari | Sovet Ittifoqi Qahramoni |
1925-yilda Orenburg viloyati Novomusino qishlogʻida tugʻilgan. Millati Tatar. 1942-yil iyul oyida Kattaqoʻrgʻon pedagogika bilim yurtini imtiyozli diplom bilan tugatib, Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahridagi maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi.
Xizmatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sovet Armiyasiga Kattaqoʻrgʻon tuman harbiy qismdan xizmatga chaqirilgan. Serjant 1943-yil fevral oyidan boshlab, 40-armiya 69-mexanizatsiya brigadasi, 1-mexanizatsiya oʻqchi bataloni pulemyotchilar otradiga qoʻmondonlik qildi.
1943-yil 22-sentyabrda serjant Ramil Abdrshin oʻz otryadi bilan birgalikda Dneprni kesib oʻtadi va Abdrshin qoʻmondonligi ostidagi otryad birinchi boʻlib mudofaaga kirishadi, shunigdek boshqa barcha boʻlinmalarning Dneprga muvaffaqiyatli oʻtishni taʼminlaydi.
Jangda otryad boshligʻi Abdrshin ogʻir yarador boʻladi, 1943-yil 8-noyabrda ogʻir jarohati tufayli vafot etadi.
U koʻrsatgan qahramonliklari uchun 1943-yil 17-noyabrda SSSR ning Oliy Kengashi Prezidiumi Farmoni bilan serjant Abdrshin Ravil Sovet Ittifoqi Qahramoni, Jasorat (Medal Za otvagu[1]) unvoniga sazovor boʻlgan[2].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Abdrshin Ramil Xayrullaevich. Tatobozor.uz
- ↑ „Xotira.uz Ravil Xayrullayevich Abdrshin. Xotira.uz“. 18-oktyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-may 2022-yil.
Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koʻrsatgan qahramonligi uchun Zarubintsy qishlogʻida Qahramonlar sharafiga yodgorlik oʻrnatilgan, shuningdek, Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahridagi 3-maktabga qahramon xotirasiga yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.