Rauf-Rafail Aleksandrovich Katsenovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Katsenovich Rauf-Rafail Aleksandrovich (1920.7.9, Toshkent) — terapevt, kardiolog va fizioterapevt. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1966). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1945). Bosh turkman kanali qurilishida 1-tibbiyot-sanitariya qismining boshligʻi (1951-53), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida ilmiy kotib (1953-58), direktor oʻrinbosari (1958—72), ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida kafedra mudiri. 1972 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi (1990 yildan 2-Toshkent tibbiyot akademiyasi) gospital terapiya kafedrasi mudiri, Kardiologiya ilmiy tadqiqot institutidirektori (1976—97), 1997 yildan yurakning ishemik kasalligi laboratoriya mudiri. K. revmatizm, ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligini aniqlash va davolash usullari ustida ilmiy ish olib borgan. Kurortologiya, fizioterapiya va yurak-tomir sistemasi kasalliklariga oid asarlar muallifi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Primeneniye antagonista kalsiya korinfara u bolnix stenokardiyey napryajeniya — nekotorie aspekti izucheniya i optimizatsii terapii, T., 1994.