Rasul mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rasul mirzo (taxallusi; asl ism-sharifi Rasul Ibrohim oʻgʻli Rzayev) [1910.6(19).5, Geokchey sh. — 1981, Boku] — Ozarbayjon xalq shoiri (1960). Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944). Mehnat Qahramoni (1980). Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938—39), Ozarbayjon Kinematografiya vaziri (1945—49), Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasi bosh muharriri (1965—75). "Germaniya", "Karmen", "Tuxta, jallodlar!" sheʼrlarida xalqning fashizmga, mustamlakachilikka qarshi kurashi aks etgan. "Oʻlmas qahramonlar", "Baxtiyor" (1942), "Gʻazab va sevgi" (1943), "Davomli aks sado" (1970), "Shamolga karshi" (1978) sheʼr va dostonlar tuplami, "Layli va Majnun" (1973) dostoni, "Vafo" (1943), "Ogʻalar" (1956), "Qonun" (1963) kabi pyesa va ocherklar muallifi.[1]

Gallery[tahrir]


Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil