Rashid Syunyayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rashid Aliyevich Syunyayev (1943.1.3, Toshkent) — kosmolog va astrofizik olim. Rossiya FA akad. (1992), texnika fanlari d-ri (1973), prof. (1985). Rentgen astronomiyasining asoschilaridan biri. Kosmik rasadxonalar ("Rentgen", "Kvant", "Mir", "Granat") ilmiy rahbari. Moskva fizikatexnika intini tugatgan (1966). Moskvadagi Kosmik tadqiqotlar instituti boʻlim mudiri (1974 yildan). 1990y.lardan Germaniyadagi Maks Plank nomidagi Astrofizika instituti direktori. Ilmiy ishlari neytron yulduzlar fizikasi, "qora oʻra" atrof muhitining tuzilishi, galaktikalar toʻdalari fizikasiga, ularning rentgen nurlanishining kompakt kosmik manbalari nazariyasiga, modda va nurlanishlarning ekstremal sharoitlarda oʻzaro taʼsiriga oid.