Rashid Ganeyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ganeyev Rashid Ashirovich (1955-yil 18-yanvarda tugʻilgan, Toshkent) — lazer va optika sohasidagi sovet, oʻzbek fizigi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

R.A.Ganeyev 1955-yil 18-yanvarda Toshkent shahrida (Oʻzbekiston) tugʻilgan. Fizika-matematika fanlari doktori (1998). Asosiy ilmiy qiziqishlari: lazer nurlanishining yuqori uygʻunlashuvini hosil qilish, turli moddalarning nochiziqli optik xossalari, kogerent qisqa toʻlqinli nurlanish manbalarini tadqiq qilish va ulardan foydalanish, yuqori quvvatli lazer impulslarining materiyaga taʼsiri. Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti (Oʻzbekiston), Qattiq jismlar fizikasi instituti (Yaponiya), Standartlar va ilmiy tadqiqotlar instituti (Malayziya), Ilgʻor texnologiyalar markazi (Hindiston), Milliy ilmiy tadqiqot instituti (Kanada), Rokasolano kimyo va fizika instituti (Ispaniya), Imperial kolleji (Buyuk Britaniya), Myunster universiteti (Germaniya) va Saitama tibbiyot universiteti (Yaponiya) lari tomonidan oʻtkazilgan nochiziqli optika sohasida koʻplab tadqiqotlarga rahbarlik qilgan. R.A.Ganeyev yetakchi ilmiy jurnallarda 300 dan ortiq maqolalarini chop etgan[1]. R.A.Ganeyev Xalqaro optika komissiyasining Galileo Galiley medali (2002)[2] va Xalqaro Xorazmiy mukofoti (2011)[3] bilan taqdirlangan. 2008-yilda Rivojlanayotgan Jahon Fanlar Akademiyasiga (TWAS) saylangan[4].

Bibliografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rashid Ganeyev 4 ta monografiya muallifi hisoblanadi:

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Homepage of Rashid A. Ganeev (ingl.)
  2. „ICO Prizes and Awards | International Commission for Optics“. 9-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2015-yil.
  3. http://www.irost.org/kia/content/khwarizmi-international-award-24th-session-2011[sayt ishlamaydi]
  4. „TWAS Directory | TWAS“. 15-yanvar 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2015-yil.