Raqamli xarita

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raqamli xarita (ingl. numerical map, digital map) deb xaritalarni proyeksiyalashda, koordinata va balandlik tizimini aniqlashda qabul qilingan kartografik generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeliga aytiladi. Boshqacha aytganda raqamli kartografik maʼlumot. Raqamli xarita kartografiyalash, xarita aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha meʼyorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli xarita oddiy qogʻozli, kompyuter va elektron xarita yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi va kartografik maʼlumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga GAT axborot taʼminotining muhim unsurlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining natijasi ham boʻlishi mumkin.