Rao Rao masjidi
| Masjid | |
Rao Rao masjidi
Masjid Rao Rao | |
| MAsjidning 2008-yildagi tasviri | |
| Mamlakat | |
| Hudud | G‘arbiy Sumatra |
| Yoʻnalishi | sunniy |
| Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
| Meʼmoriy uslub | Minangkabau va fors meʼmorchiligi |
| Binokorlik tashabbuschisi | Abdurrahman Datuk Majo Indo |
| Homiylar | H. Muhammad Thaib Caniago |
| Binokorlik | 1908—1918 |
| Holati | amaldagi |
| Tarovih | |
| Saharlik va iftorlik | |
Rao Rao masjidi Indoneziyada joylashgan eng qadimgi masjidlardan biri boʻlib, G‘arbiy Sumatra provinsiyasida, Tanah Datar regensiyasining Tarab daryosi boʻyidagi Nagari Rao Rao hududida joylashgan[1]. U Batusangkardan Bukittinggiga boradigan yoʻl boʻyida, aniqrogʻi Rao Raoda joylashgan. Minangkabau va fors me’morchiligi uslubidagi ushbu masjid 1908-yilda tolalardan yasalgan tom bilan qurilgan boʻlib, keyinchalik u ruxga almashtirilgan[2].
Poydevori qoʻyilganidan beri masjid zilzilalar sababli, xususan 1926 va 2009-yillarda jiddiy zarar koʻrgan[3][4]. Biroq qurilganidan buyon masjid hech qachon keng koʻlamda restavratsiya qilinmagan. Qilingan taʼmirlar faqat 1975-yilda minoraning ogʻishini tuzatish va 1990-yillar atrofida eski keramikalarning barchasini yangisiga almashtirish bilan cheklangan[5][6].
Hozirda bu bir qavatli masjid islomiy ibodat faoliyatlari uchun foydalanilishidan tashqari, diniy taʼlim maskani sifatida ham xizmat qiladi. Ilgari masjid Indoneziya mustaqillik urushi davrida golland mustamlaka hukmronligiga qarshi strategiya markazi sifatida ham ishlatilgan[3][1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid 1908-yilda[7] Rao Raodagi Atap Ijuk masjidining oʻrniga qurilgan; u bino holatining yaroqsizligi sabab buzib tashlangan edi[8]. Shundan soʻng H. Muhammad Thaib Caniago tomonidan vaqf (ehson) qilingan yerda masjid Abdurrahman Datuk Majo Indo tashabbusi bilan Nagari Rao Rao jamoasi tomonidan birgalikda qurilgan[9]. Qurilish 1918-yil oxiriga kelib yakunlangan[3].
Meʼmorchilik
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjidning meʼmoriy uslubi turli unsurlar, asosan minangkabau va fors elementlari uygʻunlashmasidan iborat. Boshqa minangkabau masjidlariga oʻxshash tarzda masjid tomi biroz egilgan toʻrt qatlamdan tashkil topgan; tomning yuqori qismida esa shamolning toʻrt burchagi tomonga yoʻnaltirilgan toʻrt tomchali kvadrat xonacha bor, minorada esa gumbazli katta boʻshliq mavjud[3][8].
Namozgoh ichida betondan yasalgan toʻrtta asosiy ustun turadi. Masjidning 1930-yillarda qurilgan, singan shisha bezaklar bilan bezatilgan yangiroq qismi ham bor. Minbarning maydoni 3 × 1.38 metrni tashkil qiladi[3].
2008-yil oktyabrda Rao Rao masjidining 100 yilligi munosabati bilan, oʻsha paytdagi Tanah Datar regenti Shodiq Pasadigoe Gʻarbiy Sumatra boʻylab ushbu masjidga oʻxshash yana ikki masjid borligini, chunki ularni aynan shunga oʻxshatib qurish soʻralganini aytgan[5][1]. Bular Tarab daryosi boʻyidagi Saada masjidi (Tanah Datar regensiyasi) va Pagu daryosi boʻyidagi Koto Baru katta masjidi (Janubiy Solok regensiyasi)[10].
Masjid yonidagi binolar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjidning chap tomonida 7 x 10 m oʻlchamdagi ikki qavatli bino turadi. „Markaz“ deb ataladigan bu bino 2001-yilda qurib bitkazilgan. Shuningdek, masjidning oʻng tomonida diniy maktab sifatida foydalaniladigan bino ham bor boʻlib, u 1982-yildan beri (ilgari Madrasah Islamiyah) „Darul Huda“ deb ataladi[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Arief 2008.
- ↑ Kementerian Agama, ss. 1.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Akbar 2012.
- ↑ Kubontubuh & Hadiwinoto 2008.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Kementerian Agama, ss. 2.
- ↑ Ajisman & Almaizon 2004, ss. 47.
- ↑ Kompas.com.
- ↑ 8,0 8,1 Ajisman & Almaizon 2004, ss. 46.
- ↑ Mahyuddin, H. Suardi; Rahman, Rustam. Hukum adat Minangkabau dalam sejarah perkembangan nagari Rao-Rao ranah katitiran di ujuang tunjuak (id). Citatama Mandiri, 2002 — 167–168-bet.
- ↑ Nugroho 2009.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ajisman; Almaizon. Bangunan Bersejarah di Kabupaten Tanah Datar Iim Imadudin: . Balai Kajian Sejarah dan Nilai Tradisional Padang, 2004.
- Akbar, Rus „Masjid Rao Rao Jadi Basis Pendidikan & Melawan Penjajah“. Okezone.com (2012-yil 10-avgust). 2012-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-avgust.
- Kementerian Agama Indonesia. Serial Rumah Ibadah Bersejarah: Masjid Raya Rao-Rao (PDF). Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
- Arief, Farid N. „Refleksi 100 Tahun Masjid Rao-Rao“. Kementerian Agama Indonesia (2008). 2014-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
- Kubontubuh, Catrini Pratihari; Hadiwinoto, Suhadi. Heritage Reborn: Rehabilitating The Rao-Rao Mosque. Majalah Heritage Asia, 2008.
- Nugroho, Joko „Dibangun di Bawah Iringan Gendang Serunai“. ANTARA Biro Sumatera Barat (2009). Qaraldi: 2012-yil 8-iyul.
- „Masjid Rao-Rao“. Kompas.com. 2014-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-iyul.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Vikiomborda „Rao Rao Mosque“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor.- Masjid Raya Rao Rao (Wayback Machine saytida 13 February 2012 sanasida arxivlangan) Rao rao masjidning rasmiy sahifasi
| Masjid haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |