Kontent qismiga oʻtish

Ramavriksha Benipuri

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ramavriksha Benipuri
Tavalludi 23-dekabr 1899-yil
Vafoti 9-sentyabr 1968-yil(1968-09-09)
(68 yoshda)
Muzaffarpur, Hindiston
Kasbi Ozodlik kurashchisi, sotsialistik lider, muharrir, yozuvchi, dramaturg, esseist, yozuvchi, siyosatchi
Ijod qilgan tillari Hind tili
Fuqaroligi Hindiston bayrogʻi Hindiston
Bolalari Dr. Prabha Benipuri

Ramavriksha Benipuri (talaffuzi, 1899-yil 23-dekabr – 1968-yil 9-sentyabr) – mustaqillik faoli, sotsialistik lider, muharrir va hind yozuvchisi. U Muzaffarpur tumanidagi Benipur nomli kichik qishloqda, Biharlar oilasida tugʻilgan. Ramavriksha Hindiston mustaqilligi uchun kurashgani uchun toʻqqiz yil qamoqda oʻtirgan edi[1]. U 1931-yilda Bihar Sotsialistik partiyasi va 1934-yilda Kongress Sotsialistik partiyasini tashkil etgan. 1937-yilgi Hindiston provinsiyasi saylovlariga qadar 1935—1937-yillarda Hindiston Milliy Kongressining Patna tuman Kongress qoʻmitasi prezidenti boʻlib ishlagan[2]. 1957-yilda Qonunchilik Assambleyasi aʼzosi etib saylangan. 1958-yilda esa Bihar universitetining (Hozirgi Babasaheb Bhimrao Ambedkar Bihar universiteti) sindikat aʼzosi etib saylangan.

Ramvriksha Benipuri Bihardagi Muzaffarpur shahridan boʻlgan Hindiston ozodlik harakatida faol ishtirok etgan[3]. U hind adabiyoti jurnalisti ham boʻlgan va 1929-yilda Yuvak kabi bir qancha gazetalarni ochgan hamda millatchilik va Britaniya hukmronligidan ozodlik gʻoyasini tarqatishda muntazam ravishda turli nashrlarda oʻz hissasini qoʻshgan[4].

Yozuvchilik karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Benipurijining birinchi yozuvchilik ishi 1916-yilda Kanpurning Pratapa shahrida nashr etilgan[5]. Oʻshandan boshlab Hindiston mustaqillikka erishgunga qadar uning hayoti siyosiy faoliyat va kurash bilan kechgan. 1928–1929-yillarda Benipuri oʻzining doʻstlari va hamkasblari Ganga Sharan Singh va Pandit Ramnandan Mishra bilan Patnadagi Patna kolleji oldida Yuvaka-Ashramni tashkilotini tashkil qildi. 1929-yilda Benipuri oʻz muharrirligi ostida ushbu tashkilotning oylik Yuvak jurnalini nashr eta boshladi[5].

Benipuri oʻzining adabiy faoliyatini 1921-yilda haftalik hindcha Tarun Bharat jurnalida boshlagan, uning muharrir yordamchisi boʻlgan. U 1922-yilda Kisan Mitra, 1924-yilda Golmal va 1926-yilda Balak oylik jurnalining muharriri boʻlib ham ishlagan, biroq Yuvak jurnalining nashr etilishi uning mashhurligini oshirgan[6].

Yuvak jurnali

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuvak hind jurnali 1929-yil yanvar oyida taniqli hind yozuvchisi, tanqidchisi, shoiri, jurnalisti va ozodlik kurashchisi Rambriksh Benipuri tomonidan nashr etilgan. Uni nashr etishda Ganga Sharan Singh (Sinha), Ambica Kant Sinha va Jagdish Narayan yordam berdi[6]. Kuch, jasorat va madaniyatga bagʻishlangan Yuvak Patnada Rambriksh Benipuri tomonidan tahrirlangan va nashr etilgan.

Asosiy adabiy ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotiralari va insholari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Patiton Ke Desh Mein (1930—1933)
  • Chita Ke Phool (1930—1932)
  • Lal Taaraa (1937-1939)
  • Kaidee Ki Patni (1940)
  • Maate (1941—1945)
  • Gehun Aur Gulaab (1948—1950)
  • Zanjeeren Aur Deewaren
  • Udate Chalo, Udate Chalo
  • Ambpali (1941—1946)
  • Sita Ki maan (1948—1950)
  • Sanghamitra (1948—1950)
  • Amar Jyoti (1951)
  • Tathaagat
  • Singhal Vijay
  • Shakuntala
  • Ramrajya
  • Netradaan (1948—1950)
  • Gaao Ke Devata
  • Nayaa samaaj
  • Vijeta (1953)
  • Baiju Mama (1994)
  • Jayaprakash Narayan

Yigʻilgan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Collected Works of Rambriksh Benipuri, 8 jild, Radhakrishna Prakashan

Tanlangan asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Rai, Ram Bachan. Ramvriksh Benipuri. Sahitya Akademi, 1995 — 66-bet. ISBN 81-7201-974-2. 
  2. कुछ मैं कुछ वें. New Delhi: Anamika Publishers And Distributors Pvt Ltd. ISBN 9788179755198. 
  3. „Special Postage Stamps on Linguistic Harmony of India“. Latest PIB Releases. Press Information Bureau of the Government of India (1999-yil sentyabr). Qaraldi: 2008-yil 26-sentyabr.
  4. Das, Sisir Kumar. A History of Indian Literature. Sahitya Akademi, 2006. ISBN 978-81-7201-798-9. 
  5. 5,0 5,1 Jha, Sureshwar. Gems of Mithila, 2014, Mithila Sanskrit Post Graduate Study & research Institute (Publication Director – Dev Narain Yadav) — 241–249-bet. OCLC 895247051. 
  6. 6,0 6,1 Srivastava, N.M.P.. Anguish, Protest and Surcharged Nationalism: A Study of the Proscribed Literature in Colonial Bihar (1912–47), 2015, Directorate of Bihar State Archives, Government of Bihar, Patna, 2015 — 378–79-bet. ISBN 978-93-81456-36-1.