Rai
Rai Souza Vieira de Oliveira (portugalcha: Raí Souza Vieira de Oliveira) — braziliyalik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi.1965-yil 15-mayda Braziliyaning San-Paulu shtati Ribeyran-Pretu shahrida tavallud topgan.1994-yilgi jahon chempioni.Braziliyalik mashhur futbolchi Sokratning ukasi."San-Paulu" klubi bilan Libertadores kubogi va Qit'alararo kubokning ikki karra gʻolibi (1992 va 1993).
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rai soliq agenti Raymundo oilasida toʻrtinchi farzand boʻlib tugʻilgan.Yoshligida futbolni jiddiy mashgʻulot deb hisoblamagan.Futbolchilik faoliyatini 1983-yil „Botafogo“ klubining yoshlar jamoasida boshlagan.Yoshlar jamoasida 1983—1984-yillar davomida oʻynagan.Keyin 1984—1987-yillar „Botafogo“ klubi asosiy tarkibida 38 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.1987-yil „Ponte-Preta“ klubida 10 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urgan.1987—1993-yillar davomida „San-Paulu“ klubida 306 ta oʻyinda 111 ta gol urgan.1993—1998-yillar oraligʻida Fransiyaning „PSJ“ klubida 145 ta oʻyinda 51 ta gol urgan.1998-yil yana „San-Paulu“ klubiga qaytdi va 2 yil davomida 87 ta oʻyin oʻtkazib 13 ta gol urgan.Braziliya terma jamoasida esa 51 ta oʻyinda 16 ta gol urgan.2017-yil 7-dekabrda u „San-Paulu“ klubi[1] Futbol departamenti (diretor executivo de futebol) ijrochi direktori etib tayinlandi.2021-yil 1-fevralda u „San-Paulu“ bosh murabbiyi Fernondo Dinis[2] ishdan olingach Rai ham jamoadagi lavozimidan shu zahotiyoq isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.
„Butsasini qoziqqa ilib“ futbolchilik faoliyatini yakunlagach, xayriya ishlari bilan shugʻullanadi.2006-yilda Fransiyaning „Pari Sen-Jermen“ klubini bosh murabbiy sifatida ish olib borgan.
2013-yil dekabr oyida Faxriy legion ordeni bilan taqdirlangan[3].
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Jahon chempioni-1994
- Braziliya chempioni-1991
- Fransiya chempioni-1994
- Paulista ligasi gʻolibi-1987,1989,1991,1992,1998,2000
- Fransiya kubogi gʻolibi-1993,1995,1998
- Fransiya futbol ligasi kubogi-1995,1998
- Libertadores kubogi-1992,1993
- UEFA kubok egalari kubogi-1996
- Qitʼalararo kubok-1992,1993
- Stenley Rous kubogi (London) — 1987
- Amizade musobaqasi-1992
- Mexiko shahri musobaqasi-1989
- Gvadalaxara musobaqasi-1989
- Barselona kubogi-1991,1992
- Ramon de Carranza kubogi-1992
- Theresa Herrera kubogi-1992
- Santiago de Chili musobaqasi-1993
Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Kumush toʻp“ gʻolibi („Placar“ jurnaliga talqiniga koʻra) — 1989,1991,1992
- San-Paulu shtatining eng yaxshi toʻpurari-1991
- Qitʼalararo kubok finalining eng yaxshi futbolchisi-1992
- Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi („El Pais“ gazetasi maʼlumotlariga koʻra, Urugvay) — 1992
- Fransiyaning eng yaxshi futbolchisi-1995,1996
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Raí é o novo executivo de futebol do São Paulo“ (portugalcha). Site oficial do São Paulo Futebol Clube (7-dekabr 2017-yil). 7-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Nota oficial“ (portugalcha). Site oficial do São Paulo Futebol Clube (1-fevral 2021-yil). 1-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-fevral 2021-yil.
- ↑ „Экс-футболист Раи награждён орденом Почетного легиона Франции“. Р-Спорт (13 декабря 2013). 13-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-dekabr 2013-yil.
- 4.Rai statistikasi va tarjimai holi
- 5.Rai № 2 statistikasi va tarjimai holi Arxivlandi 9-iyul 2018-yil Wayback Machine saytida.
- 6.Rai — ijobiy va doimiy Arxivlandi 25-may 2018-yil Wayback Machine saytida.
- 7.Ran Souza Vieira de Oliveyra
- 8.Filantrop