Sobir Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmonov Sobirdan yoʻnaltirildi)

Sobir Rahmonov (1910.20.3 — Namangan — 1990.2.12) — Oʻzbekiston xalq artisti (1961). Dastlab (1927—31) "Tankidiy truppa"da, 1931-yildan Namangan teatrida ishlagan. R. oʻzbek teatrining utkir harakterli, komik aktyorlaridan. Hidoyatxon, Mulladoʻst, Xolmat (Hamza, "Maysaraning ishi", "Boy ila xizmatchi"), Qoʻziyev (Abdulla Qahhor, "Shohi soʻzana"), Toshbolta (H. Gʻulom, "Toshbolta oshiq"), Huzurxuja (Komil Yashin, "Nurxon"), Xuja Nasriddin (A. Xachaturov, L. Solovyova, "Nasriddin afandi"), Xlestakov (N. Gogol, "Revizor"), Mashara (U. Shekspir, "Qirol Lir"), Zargarov (Abdulla Qahhor, "Ogʻriq tishlar"), Gof Marshal (F. Shiller, "Makr va muhabbat"), Kablayi (Urdubodiy, "Besh sumlik kelin") kabi rollari unga katta shuhrat keltirdi. Uning qahramonlari yengil kinoya, piching boʻyoqlari bilan yoʻgʻrilganligi, psixologik holat va imkoniyatlarni burttirib kursatishi bilan ajralib turadi. R. konsertestrada faoliyatida komik artist sifatida uz repertuari ("Nozigim", "Mayda pul", "Inkadar", "Dadang kelmadi", "Dangasa", "Ichmayman hargiz" va boshqa kulgili tomoshalar)ni yaratgan. Bir qancha hajviy va yumoristik kichik hikoyalar ijod qilib "bir aktyor teatri" sifatida ijro etgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil