Ismatulla Rahmatullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmatullayev Ismatulladan yoʻnaltirildi)

Ismatullo Rahmatullayev, Rahmatullozoda (1883 - 1962, Samarqand tumani, Rajabamin qishlogʻi) — jadid maʼrifatparvari, pedagog. Abduqodir Shakuriyning "usuli savtiya" maktabida (1901—05) oʻqib, soʻng shu maktabda oʻqituvchilik qilgan (1906— 12), ayni paytda rustuzem maktabi, da ham tahsil olgan (1903—06). "Dorul adab" maktabini tashkil etgan (1913—17). Tojik tilida "Taʼlimi alifbo" darsligini nashr etgan (1915). 1915-yilda nashr etilgan “Maktab uchun qo‘llanma” (“Rahbari maktab”) darsligini yaratganida ustozning xizmatlari katta bo‘ldi. Hozirgacha bu darslik arab tilida savod o‘rgatish bo‘yicha eng yaxshilaridan biri sanaladi. Ismatullo Rahmatullayev Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy va Lev Nikolayevich Tolstoyning ilg‘or pedagogik qarashlarining faol targ‘ibotchisi edi. O‘zbekiston milliy ziyolilarini tayyorlashda bevosita ishtirok etgan ustoz – ustoz, tashkilotchi, metodist va faol jamoat arbobi sifatida Ismatullo Rahmatullaevning xizmatlari juda katta.1917—19 yillarda Samarqandsa 35 ta yangi maktabning ochilishida ishtirok etgan. Samarqanddagi Oʻzbek maorif bilim yurti (1922—25) va Oʻzbekiston davlat kitob palatasining 1-direktori (1926—29), Behbudiy nomidagi kutubxona mudiri (1930—37). "Nashri maorif" va "Anjumani maorif" jamiyatlarining hayʼat aʼzosi (1917—21). "Milliy ittuhod" tashkiloti aʼzolari bilan hamkorlikda ayblanib, ikki marta qatagʻon etilgan (1937-1943, 1949-1954). Hamid Olimjon, Fotih Niyoziy, Muzayyana Alaviya, Razzoq Hamroyev, Tolibjon Sodiqov, Voxid Abdullayev singari fan va madaniyat arboblari Ismatullo Rahmatullayev. rahbarlik qilgan bilim yurtida taʼlim olganlar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil