Rahmatulla Mallin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rahmatulla Xolmurodovich Mallin (1906, Oqmachit, Hozirgi Qiziloʻrda — 1990.4.3, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Leningrad universitetni (1927), Leningrad politexnika institutini tugatgan (1931). Oʻzbekiston Davlat Universitetida dekan (1931—41), Oʻrta Osiyo universitetida dotsent (1941—48), Toshkent pedagogika institutida kafedra mudiri (1948—67, 1972—86), prorektor (1957—59). Toshkent Davlat Universitetida dekan va nazariy fizika kafedrasi mudiri (1967—72). Ilmiy ishlari elektrodinamika, maydon nazariyasi, terminologiya va boshqalarga oid. M. fizikadan oʻquv qoʻllanmalari, darslik va lugʻatlar muallifi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fizikadan ruscha-oʻzbekcha terminlar lugʻati, T., 1974; Klassik mikroelektrodinamika, T., 1974; Klassik makroelektrodinamika, T., 1978.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]