Rahmatulla Alimov
| Rahmatulla Alimov | |
|---|---|
| Rahmatulla Alimovich Alimov | |
| Tavalludi |
25-noyabr 1902-yil |
| Vafoti |
2-yanvar 1987-yil (84 yoshda) Toshkent |
| Fuqaroligi |
|
| Partiyasi | KPSS |
| Mukofotlari |
|
Rahmatulla Alimovich Alimov (1902.25.11 — Toshkent — 1987.2.1) — Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1943), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator (1950), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1972). Moskva suv xoʻjaligi injenerlari institutini tugatgan (1930). Suv xoʻjalik qurilishi obyektlarida injener (1930-39), Oʻzbekiston SSR Yengil sanoat (1939- 40) va Oʻzbekiston SSR suv xoʻjaligi (1941-43) xalq komissari, „Farhod-qurilish“ boshligʻi, „Gidroproyekt“ institutining 327-Oʻrta Osiyo boʻlimi rahbari (1943-50). Oʻzbekiston SSR Suv xoʻjaligi vaziri (1951-56), Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Suv muammolari va gidrotexnika instituti direktori (1956-63), Oʻrta Osiyo irrigatsiya institutida boʻlim mudiri (1964-80), guruh rahbari (1981-yildan). Alimov ilmiy ishlari suv resurslaridan irrigatsiya va energetika maqsadlarida foydalanish usullarini yaratish va kompleks maqsadlardagi gidroinshootlar parametralarini aniqlashga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti laureati (1973).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 25-noyabrda tugʻilganlar
- 1902-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 2-yanvarda vafot etganlar
- 1987-yilda vafot etganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigatorlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzoslari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 2-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 3-chaqiriq deputatlari
- Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 4-chaqiriq deputatlari