Rahmat Joʻrayev (pedagog)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahmat Joʻrayevdan yoʻnaltirildi)

Rahmat Joʻrayev (1941.20.2, Marhamat tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Andijon pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetini tugatgan (1975). Mehnat faoliyati 1961-yildan boshlangan. 1964-yildan Marhamat tumanidagi 4-maktabda, 1971-yildan 6-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. J. har bir darsga ijodiy yondoshib, ish jarayonida yuzlab koʻrgazmali qurollarni qoʻlda tayyorladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil