Vahob Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahimov Vahobdan yoʻnaltirildi)
Vahob Rahimov
Tavalludi 26-dekabr 1934-yil
Vafoti 29-oktyabr 2014-yil(2014-10-29)
(79 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Vahob Rahimov (1934.26.12, Samarqand - 2014.10.29) — konchi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), texnika fanlari doktori va professor (1972). Oʻrta Osiyo politexnika institutining konchilik fakultetini tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi konchilik boʻlimida ilmiy xodim, Toshkent politexnika institutida (hozirgi ToshTU) dotsent (1963-yildan), kafedra mudiri (1968-yildan), fakultet dekani (1969-yildan). 1984—90 yillarda prorektor, kafedra mudiri (1990-yildan). Asosiy ilmiy ishlari konlarni qazib olish natijasida togʻ jinslari massivida geomexanik jarayonlarning oʻzgarish qonuniyatlarini aniqlash, tabiiy va texnogen konlarning mineralxom ashyo potensialidan toʻla va kompleks foydalanishni taʼminlaydigan ekologik toza texnologiyalarni yaratish va qoʻllash hamda konchilik ishlarida elektronoptik asboblar va sunʼiy yoʻldoshlar orqali zamonaviy marksheyderlik texnologiyalarni qoʻllashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish muammolariga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. * Osnovi razrabotki melkomasshtabnix zolotorudnix mestorojdeniy Kizilkumov, T., 2000.