Toshpoʻlat Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahimov Toshpoʻlat Qayumovichdan yoʻnaltirildi)

Toshpoʻlat Qayumovich Rahimov (1950.15.12, Shahrisabz tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997). Samarqand Davlat Universitetini tugatgan (1973). 1973-yildan Shahrisabz tumanidagi 39, 37, 1976-yildan 30maktabda fizika va informatika oʻqituvchisi. Maktabda fizika va informatika fani xonasini zamon talabiga mos darajada jihozlagan. Taʼlim berishda noanʼanaviy dars usullaridan foydalangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil