Davlatyor Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rahimov Davlatyordan yoʻnaltirildi)

Davlatyor Rahimov (1950.1.4, Xiva shahri) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2000). Samarqand Davlat Universitetini tugatgan (1972). 1974-yildan Xiva shahridagi 10maktabda ona tili va adabiyoti oʻqituvchisi, 11hunartexnika bilim yurtida direktor oʻrinbosari, 1984-yildan Xiva shahri xalq taʼlimi boʻlimida nazoratchi, 1988-yildan 10maktab direktori. Taʼlim berishda ilgor pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil