Rahim Olimjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Rahim Olimjonov (1913.10.7 — Toshkent — 1985.17.2) — entomolog olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1952), biol. fanlari dri (1949), prof. (1950). Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1934). Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish i.t. institutida ilmiy xodim (1935 — 37). Oʻzbekiston FAning Zoologiya sektori ilmiy xodimi (1939—40). Botanika va zoologiya instituti direktori oʻrinbosari (J941-44). UzDU rektori (1950-55). Oʻzbekiston FA Zoologiya va parazitologiya instituti entomologiya lab. mudiri (1956—72), shu institut direktori (1958— 61), Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti entomologiya kafedrasi mudiri (1972— 81). Ilmiy asarlari gʻoʻza, beda va boshqa ekinlar zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash choralariga bagʻishlangan. Entomologiya darsligini tuzgan (1977).

Manbalar[tahrir]

  • Pochvoobitayushiye i pripochvennie formi nasekomix oroshayemix zemel Oʻzbekistona. T., 1972; Formirovaniye vrednoy entomofauni xlopchatnika i lyuserni v Karshinskoy stepi, T., 1974.