Muhammad Rafiqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rafiqov Muhammad Muhiddinovichdan yoʻnaltirildi)
Muhammad Rafiqov
Tavalludi 26-oktyabr 1940-yil
Buxoro, Oʻzbekiston
Vafoti 11-avgust 2021-yil(2021-08-11)
(80 yoshda)
Buxoro, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Faoliyat yillari 1967-2021
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Rafiqov Muhammad Muhiddinovich (1940.26.10, Buxoro) — aktyor, rej. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2003). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1966). 1966—67 yillar Hamza teatrida, 1967—83 yillar Buxoro teatrida aktyor (1981—83 yillar direktor), 1983-yildan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining bosh rej.i.Hamlet (U. Shekspir, "Hamlet"), Temirxon ("Nerkes"), Xlestakov ("Revizor"), Yoʻldosh ("Qopqon"), Ibn Sino ("Ibn Sino"), Shoh Bahrom ("Dilorom"), Nodir ("Oltin devor"), Karimov ("Komissiya") kabi rollari bilan tanilgan. U bir qancha filmlar (Hojir, "Rustam va Suqrob"; Vali, "Siyovush haqida qissa"; Akrom, "Laylak keldi, yoz boʻldi"; Usmonbek qoʻrboshi, "Afsonaga aylangan qiz" va boshqalar) va telefilmlar Shayboniyxon, "Bobur"; Akbarali mingboshi, "Kecha va kunduz"; Imom Buxoriy, "Imom alBuxoriy"; Amir Temur, "Sohibqiron"; Abdurahmon tabib, "Shaytanat"; Ibn Sino, "Hakim va ajal")da ham esda qolarli obrazlar yaratgan. R. inson ichki dunyosini, kechinmalarini hayotiy talqin etishi bilan ajralib turadi.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]