Rafiq Haririy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rafiq Haririy
arabcha: رفيق بهاءالدين الحريري
Rafic Hariri in 2001.jpg
43-Livan bosh vaziri
Mansab davri
23-oktyabr 2000-yildan — 6-noyabr 2004-yilgacha
Oʻtmishdoshi Salim al-Huss
Vorisi Umar Karomiy
41-Livan bosh vaziri
Mansab davri
31-oktyabr 1992-yildan — 2-dekabr 1998-yilgacha
Oʻtmishdoshi Rashid as-Sulh
Vorisi Salim al-Huss
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-noyabr 1944-yil
Saydo, Livan
Vafoti 14-fevral 2005-yil(2005-02-14)
(60 yoshda)
Bayrut, Livan
Siyosiy partiyasi Al-Mustaqbal
Turmush oʻrtogʻi 1) Nizol al-Boʻstoniy
2) Nozik Avda
Bolalari oʻgʻllari: Baho, Saʼd, Husom, Ayman va Fahd
qizi:Hind
Kasbi Menejment
Dini Islom (sunniylik)
Maʼlumoti Bayrutdagi arab universiteti

Rafiq Bahouddin al-Haririy (arabcha: رفيق بهاء الدين الحريري, 1-noyabr 1944-yil, — 14-fevral 2005-yil, Bayrut) — livanlik milliarder va siyosiy arbob. Hayotiga uyushtirilgan suiqasd natijasida xalok boʻlgan.

Tadbirkorlik faoliyatining boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda Saudiya Arabistonida valiahd shahzoda Fahd 25 yoshli buxgalter Haririyni qirollik sudining qurilish pudratchisi qilib tayinladi.

Bosh Vazir[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yil oktyabr oyida 46 yoshli tadbirkor Livan Bosh vaziri etib tayinlandi va 12 yil davomida xizmat qildi, 1998-2000-yillarda tanaffus bilan.

Saudiya Arabistonining sobiq qurilish magnati va „Odger Enterprises“ egasi Suriya bilan yaxshi munosabatlarga asoslangan holda dastlabki siyosiy martabasiga ega boʻldi. Globallashuv davridagi moliyaviy oqimlar yoʻoʻnalishini bilishi va metindek irodasi tufayli Haririy olti-yil ichida 1975-1990-yillardagi fuqarolar urushi natijasida 25 milliard dollardan oshiq zarar koʻrgan Livan iqtisodiyotini tikladi. . Shu bilan birga, Livanning tashqi qarzi 20 milliard dollarga koʻtarildi va Bosh vazirning shaxsiy boyligi ham keskin oʻsdi, bu esa uni korruptsiyada gumon qilinishiga sabab boʻldi. Haririy ilgari hijrat qilishga majbur boʻlgan Livanliklardan 2 milliard dollarlik shaxsiy jamgʻarmalarini qaytarib olishga yordam berdi.

Rafiq Haririy mamlakatda haqiqiy hokimiyatni oʻz qoʻllariga toʻpladi va mamlakatni yagona prezidentlik boshqaruviga oʻtqazdi. Uning qoʻl ostida Livan Saudiya Arabistoniga tobora koʻproq suyanishni boshladi va Suriya bilan aloqalar yomonlashdi.

Livanni oʻz taʼsir doirasiga qaytarish uchun Suriya 1998-yildagi prezidentlik saylovlarida Émile Lahoudning nomzodini qoʻllab-quvvatladi, u saylovlarda gʻalaba qozonib, hukumat boshligʻi boʻlgan Haririyni zudlik bilan almashtiradi va uni muvaffaqiyatsiz iqtisodiy siyosat olib borishda xususan, tashqi qarzlarning keskin oshishida ayblaydi. 2000-yilda Haririy boshchiligidagi siyosiy blok parlament saylovlarida gʻalaba qozonadi va prezident Lahoud uni hukumat rahbari sifatida tasdiqlashga majbur boʻladi.

Boyligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yillardan beri Haririy Amerikaning Forbes jurnali tomonidan tuzilgan dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatida boʻlib kelgan. Uning shaxsiy boyligi 3.15 milliard dollarga baholangan. U „Tele-Liban“ davlat kompaniyasining 50 % aktsiyasiga egalik qilgan va baʼzi milliy ommaviy axborot vositalarini nazorat qilgan.

Uning xususiy nashriyoti Qur’onni nashr etgan. „Haririy“ nomidagi iqtisodiy tadqiqotlar markazi faoliyatini moliyalashtirgan. Haririy „Solider“ (Livanning qurilishidagi yetakchi kompaniyasi) tomonidan amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir necha bor tanqid qilingan.

Isteʼfo[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]