Rafael Nektalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rafayel Nektalovdan yoʻnaltirildi)
Rafael Borisovich Nektalov
Tavalludi 1956-yil
Fuqaroligi  SSSR
 Oʻzbekiston
 AQSh
Kasbi musiqashunos, publitsist, jurnalist, „The Bukharian Times“ gazetasi bosh muharriri

Rafael Borisovich Nektalov — sovet, oʻzbek va amerikalik jamoat arbobi, musiqashunos, publitsist va jurnalist. Buxorolik-yahudiy yozuvchilar uyushmasi raisi boʻlgan. Hozirda Nyu-Yorkda haftalik nashr etiladigan „The Bukharian Times“ gazetasi bosh muharriri. Buxorolik-yahudiylarining mashhur vakillaridan biri hisoblanadi.

Rafael Nektalov 1956 yilda Samarqand shahrida, buxoriyalik yahudiylar oilasida tug‘ilgan. 1980 yilda Toshkent konservatoriyasini tamomlagan. Samarqand davlat pedagogika institutida dars bergan. SSSR parchalanganidan soʻng, buxorlik yahudiylar va boshqa yahudiylarning sobiq SSSR respublikalaridan ommaviy immigratsiyasi munosabati bilan 1993 yilda Rafael Nektalov doimiy yashash uchun AQShga koʻchib oʻtdi. Hozirgacha u yerda yashaydi. 1994-1997 yillarda AQShda Nyu-Yorkdagi Most gazetasida, 2000-2001 yillarda rus tilidagi „Vosxod“ gazetasida, 2001 yilda Beth Arachon gazetasida muharrir boʻlib ishlagan. 2002 yildan buyon buxoriyalik yahudiy jamiyatining dunyodagi eng yirik gazetalaridan biri — The Bukharian Times haftalik gazetasining bosh muharriri.

Mashhur xonanda va sozanda Gavriel Aronovich Mulloqandovga bagʻishlangan „Gavriel Mulloqandov“ (1993), „Avner Mulloqandov“ (2004) va „Qoʻshiq uchun tugʻilganlar“ (2006) kitoblari muallifi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]