Rafael Marquez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rafael Marquez Alvarez (ispancha: Rafael Márquez Álvarez)-markaziy himoyachi,tayanch yarim himoyachi pozitsiyalarida oʻynagan meksikalik futbolchi va murabbiy.1979-yil 13-fevralda Michoakanning Samora-de-Idalgo shahrida tugʻilgan.Uzoq vaqt davomida u Meksika terma jamoasi sardori boʻlgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafael oʻz faoliyatini Gvadalaxaraning „Atlas“ klubida boshlagan va u yerda 17 yoshida debyut qilgan.U Meksika klubida juda muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi.Ular uchun 77 oʻyinda maydonga tushdi va 1997-yilda Meksika terma jamoasiga taklif qilindi.

1999-yilda Marquez 6 million yevro evaziga „Monako“ga oʻtgan.Fransiyada ham Maquezga omadli keldi va u birinchi mavsumidayoq jamoaga Fransiya chempioni boʻlishiga yordam berdi.Yirik klublardan kelgan takliflarga qaramay, Marquez 2003-yilgacha „Monako“da qoldi.Shundan so‘ng 5 million yevro evaziga "Barselona" ga o‘tdi.

„Barselona“dagi ilk mavsumida meksikalik markaziy himoyachi sifatida 21 oʻyinda maydonga tushdi va jamoaga ligada 2-oʻrinni egallashiga yordam berdi.Oʻzining ikkinchi mavsumida Marquez asosan yarim himoyachi sifatida oʻynadi, chunki Tiago Motta,Edmilson va Jerar Lopes jarohat oldi.U ajoyib mavsum oʻtkazdi.U „Barselona“ning La Ligadagi gʻalabasidagi eng muhim oʻyinchilardan biri edi. „Barselona“da u 4-raqamda oʻynagan.Bu raqam ostida Kataloniya klubi afsonalaridan biri Xosep Gvardiola oʻynagandi.

2010-yil 1-avgustda Rafael oʻsha yilning iyul oyida "Barselona"dan AQShga ketgan Tyerri Anridan keyin MLSning „Nyu-York Red Bulls“ klubi bilan shartnoma imzoladi[1]. 2012-yil 12-dekabrda „Nyu-York“ klubi oʻzaro kelishuvga koʻra Marquez bilan shartnomani bekor qilganini eʼlon qildi[2].

2012-yilning 13-dekabrida Marquez Meksikaning „Leon“ klubiga o‘tgani va u uchun Klausura-2013 mavsumidan boshlab o‘ynay boshlagani maʼlum bo‘ldi[3].

2014-yilning 4-avgustida Rafael Marquez Italiyaning „Hellas Verona“ klubiga o‘tdi[4].

U soʻnggi uch yilni klub darajasidagi „Atlas“da oʻtkazdi va u yerda professional darajada futbol oʻynay boshladi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marquez Meksika terma jamoasidagi ilk oʻyinini 1997-yilning 5-fevralida Ekvador terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.Tez orada Marquez milliy terma jamoaning 2002,2006,2010,2014 va 2018-yillardagi jahon chempionatlarida barcha oʻyinlarida ishtirok etgan eng muhim futbolchilardan biriga aylandi.Rafael Marquez oʻz milliy terma jamoasini beshta jahon chempionatida[5] sardorlik qilgan tarixdagi yagona futbolchi.Shuningdek jahon futboli tarixida vatandoshi Antonio Karbaxal,germaniyalik Lotar Matteusdan keyin beshta jahon chempionatida qatnashgan uchinchi futbolchidir[6].

2017-yil iyun oyida Marquez 2018-yilgi jahon chempionati[7] dan keyin futbolchi sifatida faoliyatini yakunlash niyatida ekanligini eʼlon qildi.3-iyul kuni 2018-yilgi jahon chempionati 1/8 finali doirasida Braziliyaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgach, futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[8].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy

"Monako"
  • Fransiya chempioni-1999/2000
  • Fransiya Liga kubogi gʻolibi-2002/03
  • Fransiya Liga kubogi finalchisi-2000/01
  • Fransiya Superkubogi sohibi-2000
"Barselona"
AQSH bayrogʻi "Nyu-York Red Bullz"
  • MLS Sharqiy konferensiyasining gʻolibi-2010
"Leon"
  • Meksika chempioni-Ap.2013,Kl.2014

Meksika terma jamoasida

Shaxsiy

  • Fransiya chempionatining eng yaxshi himoyachisi-1999
  • Shimoliy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi-2005
  • IFFHS talqiniga koʻra 2006-yilning eng mashhur futbolchilar orasida 3-oʻrin
  • Jarima zarbalaridan yaxshi foydalanganlar orasidagi Free Kick Masters tanlovi gʻolibi

Shahsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marquezning otasi Rafael Marquez Eskeda ham sobiq professional meksikalik futbolchi edi.

Marquez 2001-yildan 2007-yilgacha meksikalik aktrisa Adriana Lavat bilan turmush qurgan.Ushbu nikohdan uning ikki farzandi bor-oʻgʻli Santyago Rafael va qizi Rafaela.U 2011-yildan beri meksikalik model Xeydi Mishel bilan turmush qurgan.

2017-yil avgust oyida AQSH Moliya vazirligi Marquezni narkotik mafiyasiga yordam berishda aybladi[9].Vazirlik maʼlumotlariga koʻra,Marquez Sinaloa va Zalisko Yangi avlod[10] jinoiy kartellari bilan aloqador Raul Flores Ernandes uchun pul yuvish bilan shugʻullangan.Vazirlik qarori bilan Marquezning Qoʻshma Shtatlari yurisdiktsiyasi ostidagi barcha aktivlari muzlatib qoʻyildi[11].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „New York Red Bulls sign Mexican National Team captain Rafa Marquez“. newyorkredbulls.com (1-avgust 2010-yil). Qaraldi: 4-avgust 2010-yil.(ingl.)
  2. „Defender Rafa Marquez Released by New York Red Bulls“. newyorkredbulls.com (12-dekabr 2012-yil). Qaraldi: 13-dekabr 2012-yil.(ingl.)
  3. „Rafa Márquez es el nuevo refuerzo de León“ (es). univision.com (13 декабря 2012 года). Qaraldi: 13-dekabr 2012-yil.
  4. „Rafa Marquez moving to Hellas Verona.“ (en) (4-avgust 2014-yil). Qaraldi: 4-avgust 2014-yil.
  5. „Рафаэль Маркес стал рекордсменом чемпионатов мира“. football.kulichki.net (13-iyun 2014-yil). Qaraldi: 13-iyun 2014-yil.
  6. „Футбол. Маркес стал третьим футболистом в истории, сыгравшим на пяти чемпионатах мира“ (ru) (17-iyun 2018-yil). Qaraldi: 12-avgust 2018-yil.
  7. Знаменский, Дмитрий. „Капитан сборной Мексики по футболу Маркес завершит карьеру игрока после ЧМ-2018“ (ru). РИА Новости (8-iyun 2017-yil). 25-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 24-avgust 2017-yil.
  8. „Рафа Маркес завершил карьеру игрока“ (ru). Sports.ru (3-iyul 2018-yil). 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
  9. „В США экс-защитника «Барселоны» Маркеса обвинили в пособничестве наркомафии.“. championat.com. 10-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-avgust 2017-yil.
  10. „Treasury Sanctions Longtime Mexican Drug Kingpin Raul Flores Hernandez and His Vast Network“ (en). U.S. Department of the Treasury (9-avgust 2017-yil). 13-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-avgust 2017-yil.
  11. Draper, Kevin; Malkin, Elisabeth. „Mexico’s Rafael Márquez Accused of Aiding Drug Kingpin“ (en). The New York Times (9-avgust 2017-yil). 19-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-avgust 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]