Rafael Delgado

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Rafael Delgado Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi

Rafael Marcelo Delgado

Taxallusi

Rafa, Chelo, El Perico

Tugʻilgan

13-yanvar 1990-yil(1990-01-13)[1][2]

(32 yosh)

Rekonkista, Santa-Fe,

Argentina

Fuqaroligi

Flag Argentini Argentina

Boʻyi

178 cm

Vazni

78 kg

Pozitsiyasi

oʻng qanot himoyachisi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag Argentini Defensa y Justicia

Raqami

18

Rafael Marcelo Delgado (talaffuzi: Rafael Marselo Delgado) 1990-yil 13-yanvarda Santa-Fe provinsiyasida tavallud topgan. Argentinalik futbolchi „Defensa y Justicia“ klubi himoyachisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafael Marcelo Delgado oʻzining tugʻilgan joyi Rekonkistada futbol oʻynashni boshladi, keyin esa „Rosario Central“ akademiyasiga kirdi. 2011-yilning 4-aprelida Rafael Marcelo Delgado „temiryo‘lchilar“ning asosiy tarkibida boshqa bir temiryo‘lchilar jamoasi „Ferro Carril Oeste“ga qarshi o‘yinda debyut qildi. Bu oʻyinda „Rosario“ safida maydonga tushib, toʻp surgan futbolchi Rafael Marcelo Delgado raqiblarini 3:0 hisobida magʻlub etishda bevosita muhim ahamiyat kasb etgan. Rafael Marcelo Delgado asosiy tarkibga tushib, 14-daqiqada sariq kartochka olib, 46-daqiqada jamoasining birinchi (va faoliyatidagi birinchi) golini kiritishga muvaffaq boʻlgan[3].„Rosario Central“ uchun 102 marta liga va kubok oʻyinlarida ishtirok etib, toʻrtta gol urgan Rafael Marcelo Delgado 2014-yil dekabr oyida erkin agentga aylandi[4]. U 2015-yilning birinchi yarmini „Estudiantes“da oʻtkazdi va keyin „Defensa y Justicia“ bilan shartnoma imzoladi[5]. 2018-yilda Rafael Marcelo Delgado Kolumbiyaning „Atletico Nacional jamoasida ijara asosida oʻynadi[6]. Vataniga qaytgach, bu futbolchi oʻz tarixida birinchi marta oʻz jamoasiga Argentina chempionatida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2019/20-yilgi mavsum oxirida, 2020/21-mavsumning bir qismida (taqvim yili oxirigacha) „Kolon“ safida ijara asosida o‘ynadi. Qaytgandan soʻng, Rafael Marcelo Delgado 2021-yilda COVID-19 pandemiyasi tufayli boʻlib oʻtgan Copa Sudamericananing soʻnggi bosqichlarida „Defensa y Justicia“ jamoasiga qoʻshildi. Rafael Marcelo Delgado oʻz jamoasiga tarixda birinchi marta xalqaro kubokni qoʻlga kiritishda yordam berdi[7].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Argentina bayrogʻi Argentina vitse-chempioni (1 marta): 2018/19
  • Argentina bayrogʻi La Liga B Nacional gʻolibi (Ikkinchi divizion) (1 marta): 2012/13
  • Sudamerikana kubogi gʻolibi (1 marta): 2020-yil

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Xalqaro Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Rosario Central 2010-11 Primera B Nacional 11 2 0 0 0 0 11 2
2011-12 13 0 0 0 0 0 13 0
2012-13 28 0 1 0 0 0 29 0
2013-14 Primera División 30 0 0 0 0 0 30 0
2014 14 2 5 0 2 0 0 0 21 2
Jami 96 4 6 0 2 0 0 0 104 4
Estudiantes 2015 Primera División 4 0 0 0 0 0 0 0 4 0
Defensa y Justicia 2015 14 0 1 0 0 0 15 0
2016 15 1 1 0 0 0 16 1
2016-17 24 0 1 0 3 0 0 0 28 0
2017-18 13 0 2 0 1 0 0 0 16 0
2018-19 1 0 1 0 0 0 0 0 2 0
Jami 67 1 6 0 4 0 0 0 68 1
Atlético Nacional (ijara) 2018 Categoría Primera A 9 0 0 0 4 0 2 0 15 0
Career total 176 5 12 0 10 0 2 0 200 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rafael Delgado // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Rafael Marcelo Delgado // FBref.com (mn.)
  3. „Rosario Central vs. Ferro Carril Oeste - 4 April 2011“ (en). soccerway.com (2011-yil 4-aprel). 2019-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  4. „Rafael Delgado dijo adiós“ (es). vavel.com (2014-yil 23-dekabr). 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  5. „Delgado seguirá su carrera en Defensa y Justicia“ (es). El Dia (2015-yil 2-iyul). 2018-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  6. „Emanuel Brítez, nuevo defensor Canalla“ (es). «Росарио Сентраль» (2019-yil 21-iyun). 2019-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-yanvar.
  7. Martin Macchiavello. „Histórico: Defensa campeón de la Sudamericana“ (es). Olé (2021-yil 23-yanvar). 2021-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-yanvar.