Kontent qismiga oʻtish

Radiotoʻlqinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Radioto‘lqinlardan yoʻnaltirildi)

Radio to‘lqinli jarrohlikToʻlqin uzunligi 0,1 mkmʼdan 10 kmʼgacha boʻlgan elektromagnit toʻlqinlar; boʻshliqda 300000 km/s tezlik bilan tarqaladi. Birinchi boʻlib G. Gers 1888-yilda toʻlqin uzunligi Yum dan 0,6 mʼgacha boʻlgan radiotoʻlqinlarni, rus olimi P. N. Lebedev 1895-yilda toʻlqin uzunligi 6 mmʼli elektromagnit toʻlqinni hosil qilgan. A. S. Popov 1895-yilda birinchi marta radiotoʻlqinlar yordamida 250 m masofaga axborot uzatishni amalga oshirgan va radiotexnikaga asos solgan. Radiotoʻlqinlar hosil qilish va muhitda tarqalish xususiyatiga koʻra xalqaro kelishuvga muvofiq radiotoʻlqinlar 4ʼdan to 11 tartib raqamigacha belgilanadigan quyidagi 8ʼta diapazonga boʻlinadi. Radiotoʻlqinlar radioaloqa, radiolokatsiya, televideniye, kosmonavtika, radiometeorologiya, radioastronomiya, ilmiy tadqiqot ishlari va boshqalarda qoʻllanadi.[1] Radioaloqa toʻlqinlar uzatish va qabul qiluvchi antennani ajratib turadigan muhitda (masalan, toʻlqin uzatish apparatlarida, mikrotoʻlqinli integratsiya davrlarda va h.) Elektromagnit maydonning toʻlqinli jarayonlari, uzatish liniyalari va nihoyat, tabiiy sharoitda boʻlishi mumkin [5].

Radiotoʻlqinlar, elektromagnit to'lqinlar boʻlib, yorugʻlik tezligida boʻsh joylarda tarqaladi. Radio toʻlqinlarning tabiiy manbalari chaqmoq chaqishi va astronomik

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil