Radiotoʻlqinlar difraksiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Radiotoʻlqinlar difraksiyasi — radiotoʻlqinlar toʻsiqqa uchraganda kuzatiladigan hodisa. Radiotoʻlqin bir jinsli muhitda tarqalayotganida toʻsiqqa uchrab, oʻz amplitudasi va fazasini oʻzgartirib, toʻgʻri chizikli yoʻnalishidan chetlashadi. Bu hodisa yorugʻlik difraksiyasita oʻxshab ketadi. Real sharoitda toʻsiq turli shaklli va u radiotoʻlqinlar uchun shaffof yoki noshaffof boʻlishi mumkin. Difraksion oʻtish hodisasi toʻsiqoʻlchami bilan toʻlqin uzunligining oʻzaro nisbatiga bogʻliq. Bu bogʻlanish toʻlqin uzunligi oshishi bilan kuchayadi.

Yerning sferik yuzasidagi Radiotoʻlqinlar difraksiyasi tufayli radiotoʻlqinlar toʻgʻri koʻrinish chegarasidan tashqarida ham qabul qilinadi. Radiotoʻlqinlar Yer yuzasi yaqinida tarqalayotib, toʻlqin energiyasining Yerda qisman yutilishi tufayli soʻnadi. Uning toʻlqin uzunligi qancha qisqa boʻlsa, shunchalik koʻproq oʻz amplitudasini kamaytiradi. Shu sababli toʻlqin tarqalish masofasi toʻlqin uzunligiga bogʻliq boʻlib, toʻlqin uzunligi yetarli uzun boʻlgan radiotoʻlqinlar Radiotoʻlqinlar difraksiyasi tufayli bir necha ming km gacha tarqalishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil