Rabiʼa ibn al-Horis
Rabi'a ibn al-Horis | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlar | |
| Tavalludi | tax. 566 CE |
| Vafoti |
tax. 640 (yoshi 73–74) |
| Ota-onasi |
|
| Boshqa nomlari |
Abu Arva أبو اروى |
Robi’a ibn al-Horis (arabcha: ربيعة بن الحارث)[1] (tax. 566 — 640) — islom paygʻambari Muhammadning amakivachchasi va sahobasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rabi’a ibn al-Horis ibn Abdulmuttalib paygʻambar Muhammadning amakivachchasi boʻlib, uning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalibdan taxminan ikki yosh katta edi[2]. Islomdan avval u savdogar boʻlib ishlagan, baʼzan Usmon ibn Affon bilan sheriklikda ham savdo qilgan[3].
Rabi’a Badr jangida Quraysh bilan bir safda ishtirok etmagan, chunki oʻsha paytda Suriyaga savdo safarida boʻlgan. U taxminan Xandaq jangi davrida islomni qabul qilib, amakisi al-Abbos va akasi Navfal ibn al-Horis bilan birga Madinaga hijrat qilgan. Haybarda paygʻambar Muhammad unga har yili 100 vasq hosil ulushini ajratib bergan va uni maqtagan.
U Makka fathida hozir boʻlgan[2] hamda paygʻambar Muhammad bilan birga Hunayn va Toif qamalida jang qilgan. U yerda Rabi’a sobit turganlar qatorida edi[4]. Keyinroq Madinada yashagan va Umar ibn al-Xattob xalifaligi davrida hijriy 23-yil (milodiy 644-yil) Madinada vafot etgan[5]. Ayrim rivoyatlarda uning vafoti hijriy 13-yilga toʻgʻri kelishi aytiladi[2].
Rabi’aning bir necha farzandi, jumladan, Muhammad, Abdulloh, al-Horis, al-Abbos, Umayya, Abdushams, Abdulmuttalib ibn Rabi’a ibn al-Horis, Arva al-Kubro va Hind (onasi Ummu al-Hakam binti az-Zubayr ibn Abdulmuttalib) hamda Arva as-Sugʻro (onasi choʻri boʻlgan) ismli farzandlari boʻlgan[6].
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]U Makkadagi Quraysh qabilasining Banu Hoshim urugʻidan boʻlgan Horis ibn Abd al-Muttalibning oʻgʻli boʻlgan[7]:62,98.
Rabi’a amakivachchasi Ummu al-Hakam binti az-Zubayrga uylangan va ularning toʻqqiz nafar farzandi boʻlgan[8]:34[7]:198.
- Muhammad;
- Abdulloh;
- Abbos, uning Abdurahmon ismli oʻgʻli boʻlgan;
- Al-Horis;
- Abdushams;
- Abdulmuttalib, paygʻambar Muhammaddan hadis rivoyat qilgan va Suriyaga koʻchib borgan[7]:63,97;
- Umayya;
- Yana bir oʻgʻli bi’lib, turli manbalarda Odam, Tammom yoki Iyos deb ataladi, u qon puli ishining qurboni boʻlgan[7]:62–63.
- Katta Arva, Rabi’a oʻzining Abu Arva kunyasini uning nomidan olgan[7]:288.
Islomni qabul qilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aytilishicha, Rabi’a 624-yilda Badr jangida qatnashmagan, chunki u oʻsha vaqtda Suriyada boʻlgan[7]:62.
627-yilda Xandaq jangi paytida u islomni qabul qilib, Madinaga hijrat qilgan[7]:62.
Qon puli ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rabi’aning Odam ismli oʻgʻli hali kichik boʻlib, Banu Bakr qabilasidan boʻlgan emizikli onasining qaramogʻida edi. Bakrlar oʻsha paytda Huzayl bilan urush holatida edi. Odam chodirlar oldiga sudralib chiqib, jangdagi oʻq-yoy almashinuvi orasida qolib ketgan. Huzayl qabilasidan bir kishi otgan tosh uning boshiga tegib, ezib yuborgan va Odam vafot etgan[7]:61,98.
Rabi’a oʻgʻlining oʻlimi uchun Huzayldan qon puli yoki qasos talab qilmoqchi boʻlgan. Bu ish amalga oshishidan oldin paygʻambar Muhammad Makkani fath qilgan. Oʻsha kuni paygʻambar Muhammad johiliyat davridan qolgan barcha xun qarzlari bekor qilinganini eʼlon qilgan va birinchi boʻlib aynan Rabi’aning daʼvosini bekor qilingan daʼvo sifatida tilga olgan[7]:61,98. Biroq Ibn Is’hoqning taʼkidlashicha, ushbu xun bekor qilinishi ikki yil oʻtgach, 632-yilgi vidolashuv hajida eʼlon qilingan[9]:650–651.
Johiliyat davrida toʻkilgan barcha qon uchun qasos olinmaydi. Men bekor qiladigan birinchi qon daʼvosi Ibn Rabi’a ibn al-Horis ibn Abdulmuttalibning daʼvosidir. Bu men johiliyat davrida toʻkilgan qonlardan birinchisi haqida hukm qilayotgan qondir[9]:651[7]:61,98.
Shu tariqa paygʻambar Muhammad Rabi’aning qotildan qasos talab qilishiga yoʻl qoʻymagan[7]:61,98.
Keyingi hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rabi’a va uning akasi Abu Sufyon Hunayn jangidan qochib ketmagan oʻn kishidan edi[9]:569[7]:62. Uning nomi Jannat bashorat qilingan oʻn kishi haqidagi hadisda tilga olingan[manba kerak].
Rabi’a 636-yildan keyin, 644-yildan oldin vafot etgan[7]:19,21,62,98.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Other transliterations include „Rabah ibn al-Harith“
- 1 2 3 Al-Dhahabi, Siyar Aʿlam al-Nubalaʾ, Islamweb edition (archived 19 April 2017)
- ↑ Ibn Hajar, al-Isaba fi Tamyiz al-Sahaba, vol. 3, p. 1075 (archived 19 April 2017)
- ↑ Ibn Saʿd, al-Tabaqat al-Kubra, vol. 4, p. 1165 (archived 20 December 2016)
- ↑ Ibn al-Athir, Usd al-Ghabah fi Maʿrifat al-Sahabah, vol. 2, p. 1726 (archived 19 April 2017)
- ↑ Ibn Saʿd, al-Tabaqat al-Kubra, vol. 4, p. 1164 (archived 20 December 2016)
- 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 Muhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors. Albany: State University of New York Press.
- ↑ Muhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina. London: Ta-Ha Publishers
- 1 2 3 Muhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press