Tioefirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(RSRG`dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Tioefirlar, dialkil yoki diaril sulfid, RSRGʻ —oddiy efirlarning sulfidli analoglari (R va R1 uglevodorod radikallari). Quyi alifatik T. efir hidli rangsiz suyuqliklar, suvda erimaydi, organik erituvchilarda eriydi. Dimetilsulfid, dietilsulfid, dipropilsulfid, diizopropilsulfid, dibutilsulfid, difenilsulfid, etilensulfid, tetrametilensulfid (tiofan) va boshqa T. jumlasidandir. Ularning suyuqlanish, qaynash trasi va zichligi turlicha. Simmetrik alifatik T. baʼzan sulfidli alkillar deb xam ataladi, ular anorganik sulfidlarni alkillab olinadi. Aralash T. merkantidlarni alkillab olinadi. T. motor yonilgʻilari, surkov moylari va lateksga antioksidant, stabilizator sifatida qoʻshiladi. Baʼzi T. dorivor moddalar, boʻyagichlar, detergentlar, erituvchilar sifatida ishlatiladi.