Róża Herman

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Róża Mariya Herman (1902-yil 16-yanvar — 1995-yil 7-mart) — polshalik ayol shaxmatchi. U 1950-yilda FIDE tomonidan Xalqaro ayol usta unvoniga sazovor boʻlgan.

Roza Herman
Toʻliq ismi Róża Maria Herman
Mamlakat Polsha bayrogʻi Polsha
Tugʻilishi 16-yanvar 1902-yil
Lodz, Polsha
Vafoti 7-mart 1995-yil(1995-03-07)
(93 yoshda)
Lodz, Polsha
Saravha Xalqaro ayol shaxmat ustasi (1950)
FIDE reyting [1] (fevral 2024)

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roza Herman 1902-yil 16-yanvarda Polshaning Lodz shahrida tugʻilgan.

1935-yil iyun oyida u Varshavada boʻlib oʻtgan birinchi Polsha ayollar chempionatida 4-oʻrinni band qildi, mazkur chempionatda Regina Gerlecka gʻolib boʻldi. Ikki oy oʻtgach, Herman Varshavadagi ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan 5-jahon chempionatida 6-oʻrinni egalladi (Vera Menchik gʻalaba qozondi).

1936-yilda Roza Herman Avstriyaning Semmering shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi xalqaro turnirda qatnashdi. Ushbu musobaqa yakuniga koʻra Sonja Graf gʻalaba qozondi. Herman esa 11-oʻrinni egalladi. Keyingi yili u ikkinchi Polsha ayollar chempionatida 6-oʻrinni qoʻlga kiritdi va bu chempionatda ham Gerlecka yana gʻalaba qozondi. 1937-yil avgust oyida Stokgolmda boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi 6-jahon chempionatida Herman 10-16-oʻrinlarni egalladi (Vera Menchik gʻalaba qozondi). 1939-yilda u Varshava ayollar chempionatida Gerlecka bilan 1-2-oʻrinlarga daʼvogarlik qildi. 

Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi jahon urushidan keyin Roza Herman 1949—1950-yillarda Moskvada boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida 16-oʻrinni band etdi (bu musobaqada Ludmila Rudenko gʻalaba qozongan). U 1949-yilda Lodzda va 1950-yilda Torunda ikki marta ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqalarda Polsha chempioni unvoniga sazovor boʻldi. 1951-yilda Chestochovada tashkil etilgan turnirda esa ikkinchi oʻrinni egalladi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roza Herman tibbiyot fanlari doktori boʻlgan va oʻzining tugʻilgan shahri Lodzda yashagan. U 1995-yil 7-martda jonajon shahri Lodzda 93 yoshida vafot etadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]