Masharip Quvapov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Quvaqov Masharipdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Masharip Quvaqov (1938.13.5 - Xoning umumiy razm viloyati, Bogʻot tumani Beshariq koʻrinishi. qishlogʻi — 2002.2.1) — qishloq xoʻjaligi novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1997). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1994). Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan (1966). Mehnat faoliyatini 1955 yildan Bogʻot tumanidagi Narimanov (keyinchalik Iskandar Doʻsov nomidagi) jamoa xoʻjaligida hisobchi vazifasidan boshlagan. Shu xoʻjalikda yoshlar tashkiloti yetakchisi, bosh iqtisodchi (1968—70), "Bogʻot" szi direktori (1974—86), Xorazm viloyati agrosanoat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari (1986—91). 1991 yildan "Bogʻot" (hozirgi M. Quvaqov nomidagi) shirkat xoʻjaligi boshqaruvi raisi. Q. rahbarlik qilgan xoʻjalik uzoq yillar davomida paxta, sholi va bugʻdoydan yuqori hosil yetishtirishga erishdi. Xoʻjalikda sugʻoriladigan yerlar 3000 gektarga yetkazildi. Sholidan 1999 yilda 50 s/ga, bugʻdoydan 65 s/ga, paxtadan 32,3 s/ga hosil olindi. Xoʻjalikda respublikada birinchi boʻlib kuzgi bugʻdoydan boʻshagan maydonlarga sholi niholini oʻtqazib ekish usuli muvaffaqiyatli joriy qilindi.

Shirkat xoʻjaligi markaziy qoʻrgʻonida byusti oʻrnatilgan (2004).