Qutchi (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chorshanbe
Shaharcha
39°01′11″N 66°57′44″E / 39.01972°N 66.96222°E / 39.01972; 66.96222 G OKoordinatalari: 39°01′11″N 66°57′44″E / 39.01972°N 66.96222°E / 39.01972; 66.96222 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 181313[1]
Chorshanbe xaritada
Chorshanbe
Chorshanbe

QutchiOʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan shaharcha[2]. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan[3].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qutchi shaharchasi Shahrisabz tumanida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi punktlari Chorshanba, Zarkacha va Arabon shaharchalari hisoblanadi. Eng yaqin suv inshooti Tanxozdaryo.

Tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha hududida Qutchi nomli qabriston, yoqilgʻi quyish shahobchasi, fermer xoʻjaligi oʻttiz sakkizinchi va ikkinchi sonli maktablar faoliyat yuritadi. Shaharcha tarkibidag „Qutchi“ mahallasi ham joylashgan boʻlib, mahalla 1999-yil 12-aprelda tashkil topgan[4]

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qutchi shaharchasining xalq orasida Quchchi, Qushchi shaklidagi talaffuzlari ham mavjud. Tarixiy manbalarda Chiroqchi (Shahrisabz tumani) hududida ilgari quchchi (yoki qutchi) lar yashaganligi qayd etiladi. Mazkur insonlar qadimiy oʻzbek qabilalaridan biri hisoblanadi.

Qutchi qabilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

13—14-asrlarda hozirgi Oʻzbekiston hududiga (Qashqar va Yettisuv) qutchi deb nomlangan qabila vakillari koʻchib kelib, shu yerdagi aholi bilan aralashib yashay boshlaydilar. Qirgʻiz, qozoq va qoraqalpoq xalqi orasida ham qutchi (quchchi) nomli qabilalar yashaganligi haqida maʼlumotlar bor. Ular asosan dehqonchilik bilan mashgʻul boʻlishgan. Ular oʻz nomlarini 20-asrgacha saqlab qolishgan.

Qutchi shaharchasi nomi ham ayni shu qabila nomi bilan uzviy bogʻliqligiga ishoniladi. Bu nom tarkibidagi qut-qush-quch-qugʻ-qu soʻzlari hamda ularga qoʻshilgan -chi yoki -inchi qoʻshimchalari koʻplab etnonimlar tarkibida mavjud. Jumladan, qiyikchi, qarapchi, yomonchi, tuyachi va axtarchi kabilar. Oqqushga totem sifatida sigʻinuvchilar quvchi, qushchi yoki quchchi, qutchi nomlari bilan atalgan. Qutchi yoki quvchi ayni shu nomli qabila tomonidan tashkil etilgan qishloq hisoblanadi[5].

Oʻxshash nomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zomin tumanida Qutchi nomli qishloq mavjud[6]. Shuningdek, mazkur qishloqda V-VIII asrlarga mansub Qutchitepa nomli arxeologik yodgorlik joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kutchi/Shaxrisabz“. uzb.postcodebase. Qaraldi: 08-2023.
  2. „Qutchi“. uzbekistan-streets. Qaraldi: 08-2023.
  3. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  4. „QUTCHI MFY“ (2021-yil 1-may). Qaraldi: 08-2023.
  5. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 396 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  6. „Kutchi (Zomin tumani)“. Qaraldi: 08-2023.