Qutbiddin oyboq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qutbiddin oyboq - Dehli sultonligining asoschisi va 1-hukmdori (1206—10). Oʻrtaosiyolik turkiylardan, oʻtmishda gʻulom boʻlgan. Gʻur hokimi Shahobiddin Gʻuriy (Muhammadshoh) saroyida yuqori mansablarni egallagan. 1192-yil Q.O. Shahobiddin Gʻuriyning Hindistonga qilgan yurishida qatnashgan va Shimoliy Hindistondagi bir qancha knyazliklar (hokimliklar) tor-mor qilingach, Gʻur hukmdorining Hin-distondagi mulklari noibi etib tayinlangan. Shahobiddin vafotidan soʻng oʻzini mustaqil hukmdor — sulton deb eʼlon qilgan (1206). Davlat poytaxtlari — Lohur, soʻngra Dehli boʻlgan. Shahobiddinning Hindiston va Afgʻoniston hududidagi boshqa gʻulomlari, shuningdek, hind rojalari bilan urushlar olib borgan. Uning davrida Dehli va Ajmirda bunyod etilgan mas-jidlar hind-musulmon meʼmorligining buyuk yodgorliklari hisoblanadi.