Qutbiddin Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qutbiddin muhammaddan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Qutbiddin muhammad (? -1127) — anushteginiylar sulolasidan boʻlgan Xorazm hukmdori (1097—1127). Anushteginnnng oʻgʻli. Yoshligida Marvda yaxshi taʼlim olgan, ilmi adab va din ilmlarini oʻrgangan. Otasi vafotidan keyin saljuqiylarning Xurosondagi isyonkor noibi amir Dodbek Habashiy tomonidan Xorazm noibi etib tayinlangan va xorazmshoh unvonini olgan (1097). Anushteginiylar-xorazmshohlar sulolasining tarixi aslida utbiddin Muhammaddan boshlanadi. 1100-yil saljuqiylar sultoni Barqiyoruq va ukasi Sanjar Dodbek Habashiy isyonini bostirganlar. Sanjar Xurosonni qoʻlga kiritgach, Qutbiddin Muhammadni Xorazm hokimligi mansabida qoldirib tasdiqlagan.

Qutbiddin Muhammad sulton Sanjarga sadoqat bilan xizmat qilgan, har yili ikki marotaba shaxsan sulton saroyiga borib turgan, Sanjar olib borgan janglarda oʻz qoʻshini bilan qatnashib, xiroj, oʻlponlarni oʻz vaqtida toʻlab turgan. Qutbiddin Muhammad oli-mu fuzalolarga homiylik qilgan ado-latli hukmdor boʻlgan. Jurjoniyning tabobatiga oid "Zahirayi xorazmsho-hiy" asari Qutbiddin Muhammadga bagʻishlangan.

Adabiyot[tahrir]

  • Bartold V.V., Sochineniya, t. 2 (chast 2), M., 1964; Buniyodov 3., Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T, 1998.