Kontent qismiga oʻtish

Qutalmish

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qutalmish
turkcha: Kutalmış Bey
Tavalludi XI
Vafoti 1064
Fuqaroligi Abbosiylar
Avvalgisi Arslon Yabgʻu
Otasi Arslon Yabgʻu
Izohlar

Qutalmish ibn Arslon Isroil (turkcha: Kutalmış Bey, قوتالمش بگ, forscha: قتلمش‎) (muqobil yozilishlari: Qutalmis, Kutalmish, Kutalmış) XI asrda Saljuqiylar uyining aʼzosi boʻlgan turk shahzodasi edi. Uning oʻgʻli Qutalmish o‘g‘li Sulaymon Rum Sultonligini Anatoliyada barpo etgan.

Rum sultonligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qutalmish Arslon Yabgʻuning oʻgʻli va Toʻgʻrulning amakivachchasi boʻlib, saljuq turklari zabt etishlarida muhim rol oʻynagan. 1046-yilda u Toʻgʻrul tomonidan Vizantiya qoʻshinini Ganjadan qaytarish uchun qoʻshin bilan yuborilgan va gʻalaba qozongan[1]. (qarang: Ganja jangi (1046))

U Toʻgʻrulga qarshi qoʻzgʻolonni qoʻllab-quvvatlagan va taxt vorisligi masalasida Alp Arslon bilan raqobatlashgan. (qarang Damg‘on jangi (1063)) Tarixchi Ali ibn al-Asirnig yozishiga koʻra, Qutalmish yulduzlar ilmini bilgani aytiladi[2]. Uning besh oʻgʻli boʻlgan, ularning orasida Mansur[3] va Sulaymon boʻlib, Sulaymon 1084-yilda Malikshoh I tomonidan Rum sultoni sifatida tan olingan[4].

Ismining maʼnosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qut Almış „baxt (shon-shuhrat)ga muyassar boʻlgan kishi“ degan maʼnoni anglatadi[5].

  1. Sicker 2000, s. 53.
  2. Ihsanoglu 2005, s. 267.
  3. „Mansur ibn Kutalmish“. Prosography of the Byzantine World. King's Digital Lab. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.
  4. Köprülü 1992, s. 72.
  5. Juvaynī & Boyle 1958, s. 45.
  • Ihsanoglu, Ekmeleddin „Institutionalisation of Science in the Medreses of pre-Ottoman and Ottoman Turkey“, . Turkish Studies in the History and Philosophy of Science. Springer, 2005. 
  • Juvaynī, ʻAlāʼ al-Dīn ʻAṭā malik; Boyle, John Andrew. The History of the World-conqueror, 1958 — 45-bet. 
  • Köprülü, Mehmed Fuad. The Seljuks of Anatolia: their history and culture according to local Muslim sources. University of Utah Press, 1992. 
  • Sicker, Martin. The Islamic World in Ascendancy: From the Arab Conquests to the Siege of Vienna. Greenwood Publishing, 2000. 
Siyosiy idoralar
Oʻtmishdoshi:
Arslon Yabgʻu
Saljuq shahzodasi
Vorisi:
Sulaymon