Toʻra Quryozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Quryozov Toʻradan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Quryozov Toʻra (1938.24.2, Xiva tumani Juryon qishlogʻi) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalqrassomi (1999). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1960) hamda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (1975)ni tugatgan. Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyida rassom (1960—70), Oʻzbekiston rassomlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston Muxtor respublikasi va Xorazm viloyati hududiy boʻlimi rah-bari (1970—75); 1975 yildan Toshkent shahrida yashab ijod qiladi. Q. ijodining dastlabki davrida zamondoshlari (ayniqsa, mehnat ahli)ning portretlarini yaratdi ("Turkman qizi", 1960; "Xiva man-zarasi", 1961; "Jumagul portreti", "Gulsara portreti", 1967; "Prorab Abdulla portreti" "Chavgon oʻyini", 1980 va boshqalar). 1980-yillardan Xorazmning qad. tarixi, etnografiyasi, madaniyati, davlat arboblari va allo-malarini ramziy va majoziy unsurlar vositasida tas-virlaydi: "Ilon hayqirigʻi", "Tuproqqalʼa" (1987), "Alvido, Orol!" (1991), "Olloqulixon madrasasi" (1991), "Xiva. Bozorga", "Jaloliddin jangda" (1991), "Uygʻonish" (1993), "Ogahiy", "Najmiddin Kub-ro" (1996), "Jaloliddin Manguber-di" (1998, ushbu asar qahramon portretining namunasi sifatida qabul qilingan), "Maʼmun akademiyasi", "Al-Beruniy" va boshqa

Q. asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi. Asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (AQSH, Italiya, Yaponiya, Hindiston va boshqalar) muzey va toʻplamlarida saqlanadi.