Qurtlar
Qurtlar — toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (kapalaklar, qoʻngʻizlar, ikki qanotlilar, pardaqanotlilar va boshqalar)ning tuxumdan chiqqan lichinkalari. Q. tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, choʻziq, chuvalchangsimon (nomi shundan). Q.ning tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotlardan keskin farqqiladi. Mas, kapalaklar Q.i bir xildagi koʻp sonli boʻgʻimlardan ibo-rat; 3 juft koʻkrak oyoqlari bilan birga boʻgʻimlarga boʻlinmagan 5 juft kalta soxta qorinoyoqlari bor. Qorin-oyoqlar yurish, koʻkrak oyoqlar hara-katlanish vazifasini bajaradi. Q. ichagining kuchli rivojlanganligi, qorin nerv zanjirida koʻp sonli nerv gangliylarining boʻlishi bilan voyaga yetgan hasharotlardan farq qiladi. Q.ning ogʻiz organlari kemiruvchi tipda. Q. voyaga yetgan hasharotlarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan: murakkab koʻzlari, qanotlari boʻlmaydi.
Hasharotlarning Q.i tuzilishiga binoan bir necha guruhga boʻlinadi: koʻkrak oyoqlari bilan birga qorin boʻlimida ham soxta oyoqpari boʻladigan q. (kapa-laklar, arrakash arilar, yaydoqchilar); koʻkrak boʻgʻimlarida 3 juft oyoqlari boʻlgan chuvalchangsimon qurtlar (qoʻngʻizlar); tana boʻgʻimlari aniq koʻrinmaydigan, koʻkrak oyoqlari boʻlmaydigan, lekin bosh qismi yaxshi rivojlangan kam harakat Q. (koʻpchilik pardaqanotlilar, qoʻngʻizlar); ogʻiz organi reduksiyaga uchragan, substratning oʻzida (mas, xoʻjayin tanasida) rivojlanadigan (parazit pardaqanotlilar) yoki voyaga yetgan hasharotlar oziqlantiradigan Q. (arilar, termitlar, chumolilar); boshsiz va oyoqsiz Q. (pashshalar, soʻnalar, soʻqirlar) ham ajratiladi.
Q. 4—5 marta tullash orqali oʻsadi; oxirgi tullashdan soʻng gʻumbakka aylanadi. Gʻumbak davrida Q.ning organlari yemirilib, voyaga yetgan hasharotlar uchun xos organlar hosil boʻladi. Bir qancha hasharotlarning Qurtlar qishloq xoʻjaligi ekinlarining xavfli zararkunandasi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |