Qurilish mashinalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qurilish mashinalari - qurilish va taʼmirlash ishlarini bajarish uchun moʻljallangan mexani-zatsiya vositalari. Quriladigan bino va inshootlar oʻrnini tayyorlash, yer tekislash va qazish ishlarini bajarish, yoʻl qurilishi, yigʻma konst-ruksiyalarni montaj qilish, burgʻilash, ustun-qoziq qoqish, armaturalar tayyorlash va ularni payvandlash, beton qorishmasini quyish,pardozlash va boshqa ishlarni bajarish uchun moʻljallangan texnologik guruhlar.

Bino va inshootlar oʻrnini tayyorlash ishlari (gruntni yumshatish, qurilish maydonchasini butalar, daraxtlar, toshlardan tozalash) almashinadigan ish jihozlari oʻrnatilgan zanjirli traktorlar negizidagi mashinalar b~n; yer tekislash va qazish ishlari bir va koʻp choʻmichli ekskava-torlar, zovur qazigichlar, buldozerlar, skreperlar, avtogreyderlar, bir choʻmichli yuklagichlar va boshqa bilan; yoʻl qurilishi ishlari yer qazish mashinalari, maxsus yoʻl qurilishi mashinalari bilan; temir yoʻl qurilishidagi ishlar rels-shpal yotqizish, ballast yoyish, izlarni toʻgʻrilash mashinalari bilan bajariladi. Qoya gruntlari tayyorlashdagi burgʻilash, ruda boʻlmagan qurilish ashyolarini qazib olish, ustunqoziq oʻrnatish uchun quduq qazish va boshqa ishlar turli burgʻilash mashinalari yordamida qilinadi. Zamin tayyorlash ishlari ustun-qoziq qoqish jihozlari, dizel-bolgʻa, bugʻ-havo bol-gʻalari, vibrobotirgich bilan bajariladi. Beton va temir-beton ishlari domkratlar, armatura-payvandlash qurilmalari, beton qorgichlar, avto-betontashigichlar, avtobetonnasoslar, zichlagich (vibrator)lar, beton yotqiz-gichlar; tom qoplama yopish ishlari tom yopish mashinalari, mastika tashish va uzatish mashinalari; pardozlash ishlari qorishma qorgich, qorishma uza-tish nasosi, suvash-silliqlash, koshinlash-silliqlash, parketlash-silliqlash mashinalari, mexanizatsiyalashgan koʻchma boʻyoqchilik st-yalari, shpaklyovka qurilmalari bilan qilinadi.

Qurilishda yuk koʻtarish kranlari, koʻtarish-tashish, ortish-tushirish mashinalari, uzluksiz tashish va boshqa mashinalardan ham foydalaniladi. Qurilish mashinalaridan foydalanish ishlarini kom-pyuterlashgan robotlar yordamida boshqarish asta-sekin rasm boʻlmoqda.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bozorboyev N., Xushnazarov B., Qurilish mashinalari, T., 2001.