Akobir Qurbonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qurbonov Akobir Sobirovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Akobir Sobirovich Qurbonov (1975.29.7, Buxoro tumani) — sportchi, "Oʻzbekiston iftixori" (1999). Sobir Qurbonovnipt oʻgʻli. Sambo boʻyicha 74 va 82 kg vazn toifalarida Oʻzbekiston (1995—2005), Osiyo (1995, Bishkek; 1997, Ulan-Bator; 1998, Toshkent; 1999, Singapur; 2004, Uralsk) va jahon (1995, Sofiya) chempioni, jahon kubogi gʻolibi (1997, Kstova; 2003, Uralsk). Kurash boʻyicha 73 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (1999) va jahon (1999) chempioni. Q. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan (1996). 1996 yildan shu akademiyaning jismoniy tayyorgarlik kafedrasida katta oʻqituvchi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil