Qurbon
Qiyofa
| Qurbon | |
|---|---|
| (arabcha: قربان) | |
| Jins | uniseks |
| Etimologik maʼnosi | qurbonlik; qurbon berish, fido qilish |
| Ota ismi |
Qurbon oʻgʻli Qurbon qizi |
| Ayollar uchun shakli | Qurbonoy |
| Yasama shakllari | Qurbonboy, Qurbonjon |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar |
arabcha: قربان |
| Bogʻliq maqolalar: | |
Qurbon (arabcha: قربان — qurbonlik; qurbon berish, fido qilish) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi[1]. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qurbon Abasov — Sovet Ozarbayjon neftchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1959). Ozarbayjon SSR neft ustasi, Ozarbayjon SSRda xizmat koʻrsatgan muhandis (1975). Birinchi darajali Stalin mukofoti (1951) va Ozarbayjon SSR Davlat mukofoti (1972) laureati;
- Qurbon Berdiyev — turkmanistonlik rossiyalik futbol murabbiyi;
- Qurbon Boboyev — paxtakor. Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Qurbon Boyboʻtayev — geliotexnika sohasida faoliyat ko‘rsatgan olim;
- Qurbon Haqberdiyev — Oʻzbekistonda va Qashqadaryo vohasida uzoq yillar davomida ilgʻorlikni qoʻlga kiritib kelgan F.Engels nomidagi kolxozga raisi;
- Qurbon Nazarov — aktyor, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1964);
- Qurbon Orziqulov — mashina-traktor stansiyasi traktorchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957);
- Qurbon Qurbonov — erkin kurashchi, jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni. Xizmat koʻrsatgan sport ustasi;
- Qurbon Roʻzmetov — sovet iqtisodiyot, davlat va siyosiy arbobi, general-mayor;
- Qurbon sozchi — baxshi, Oʻzbekiston xalq shoiri (1938);
- Qurbonboy Jirov — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq dostonchisi (1956);
- Qurbonboy Xoliqov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
- Qurbonjon dodxoh — Chor Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari.
Familiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „„Q“ harfi“, Oʻzbek tilining izohli lugʻati (PDF), 4-jild, Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022 — 844-bet. ISBN 978-9943-8834-7-5.
| Ism haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |