Qudrat Asrorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qudrat Asrorov (1953.29.7, Surxondaryo vil. Sherobod shahri) – musav-vir-kulol. Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi (2000). A. ijodida Surxon vohasining mehnatkash xalqi, goʻzal ta-biati oʻz aksini topgan; milliy kulollik san’atini rivojlantirdi (koʻza, gul-don, xum va boshqalar), yangi shakl va mavzular bilan boyitdi. Ayniqsa, "Gʻijjakchi", "Do-irachi", "Surnaychi", "Rubobchi", "Buvi", "Ip yigiruvchi", "Ayol" va boshqa asarlarida milliylik ufurib turadi. A. asarlari bilan respublika va xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya va boshqalar) koʻrgazmalarida ishtirok etgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil