Qubayza ibn Uqba

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qubayza ibn Uqba
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Qubayza ibn Uqba(arabcha:قبيزة بن عقبة — Qubayza ibn Uqba — Toʻliq ismi:Qubayza ibn Uqba ibn Muhammad (vafoti 215/830-yil)) — muhaddis.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qubayza ibn Uqba mashhur roviylar Iso ibn Tahovoniy, Molik ibn Mugʻavvil, Osim ibn Muhammad, Yunus ibn Abu Isʼhoq, Shuʼbiy, Sufyon Savriy va boshqa koʻplab kishilardan hadis eshitgan. Juda katta ilmiy salohiyatga ega boʻlganligidan „Avʼiyatul ilm“, „ilmning idishi“ deb eʼtirof etilgan.

Shogirdlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qubayza ibn Uqbadan Ahmad ibn Hanbal, Imom Buxoriy, Usmon ibn Abu Shayba, Mahmud ibn Gʻaylon, Abu Quddoma Saraxsiy, Muhammad ibn Yahyo Zuhayliy, Abu Zaraʼ Roziy va boshqa koʻplab muhaddislar hadis rivoyat qilishgan. Qubayza ibn Uqbaning eng ulugʻ fazilatlaridan biri islom olamida eng faqih tobeinlardan boʻlgan Sufyon Savriydan hadis va fiqh ilmini oʻrganganligi hisoblangan.[1]

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 215/830-yilda vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 880.