Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻiston arxarmerinosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Qozog‘iston arxarmerinosidan yoʻnaltirildi)

Qozogʻiston arxarmerinosi — goʻsht-jun yoʻnalishidagi mayin junli qoʻy zoti. 1930—50 yillarda Qozogʻistonda turlararo duragaylash usuli bilan chiqarilgan. Novokavkaz zotli ur-gʻochi merinosni ovlab oʻldirilgan yovvoyi arxar qoʻchqori urugʻi bilan urugʻlantirib olingan birinchi chatishma avlodni prekos va rambulye qoʻy zotlari bilan U arxar va mayin jugʻshi qoʻy zoti qoniga ega boʻlgan 3-chatishma avlod olinguncha chatishtirilgan. 3-chatishma avlodni zot ichida urchitib koʻpaytirildi. Chatishtirish yil boʻyi yaylovda boqish, maqsadli tanlash va saralash asosida olib borildi. Ushbu zot gavdasi yirik, suyaklari mustahkam. Qoʻchqorlari 90—115 (150) kg gacha, sovliqlari 55— 65 (90) kg gacha. Juni, asosan, 60 raqamli sifatga ega, uz. 8—9 sm. Qoʻchqorlaridan 7—8 (10 kg), urgʻochilaridan 3,2—3,5 (6 kg gacha) kg jun olinadi.

Serpushtligi 110—120%. Qozogʻiston arxarmerinosi tez yetiladigan zot, togʻoldi yaylovlari sharoitlariga yaxshi moslashgan. Qozogʻistonning Olmaota, Sharqiy Qozogʻiston va Pavlodar viloyatlarida urchitib koʻpaytiriladi.