Kontent qismiga oʻtish

Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi
qozoqcha: Қазақ Автономиялы Социалистік Кеңестік Республикасы
<ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика>

RSFSR tarkibidagi avtonom respublika

1920-yil — 1936-yil



Bayroq
Poytaxti

Qozogʻiston Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi[1] (ruscha: Казахская Автономная Социалистическая Советская Республика; qozoqcha: Қазақ Автономиялы Социалистік Кеңестік Республикасы[a]), qisqacha Qozogʻiston ASSR (ruscha: Казакская АССР; qozoqcha: Qazaq ASSR) yoki Qozogʻiston — 1920-yildan 1936-yilgacha Sovet Ittifoqi tarkibida (1922-yildan) Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasiga (RSFSR) boʻysunuvchi avtonom respublika.

Qozogʻiston ASSR dastlab 1920-yil 26-avgustda Qirgʻiz Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (ruscha: Киргизская Автономная Социалистическая Советская Республика; qozoqcha: Қырғыз Автономиялық Социалистік Кеңес Республикасы) sifatida tashkil etilgan va Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi tarkibidagi avtonom respublika boʻlgan.

Rossiya inqilobidan oldin Rossiyadagi qozoqlar „qirgʻiz-qozoqlar“ yoki shunchaki „qirgʻizlar“ (hozirgi qirgʻizlar esa „qora-qirgʻizlar“ deb atalgan) nomi bilan tanilgan[2]. Bu amaliyot Sovet Ittifoqining dastlabki davrida ham davom etdi va shuning uchun Qirgʻiz ASSR qozoqlar uchun milliy respublika boʻldi. Biroq, 1925-yil 15—19-iyunda Beshinchi Qozoq sovetlari kengashi respublikani Qozoq Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi deb oʻzgartirishga qaror qildi[3]. Qirgʻiz ASSR poytaxti Oqmachit Qozoq ASSR markazi sifatida saqlanib qoldi, ammo nomi Qiziloʻrda deb oʻzgartirildi[1]. 1927[1] yoki 1929[4][b] yillarda Olmaota shahri ASSRning yangi poytaxti etib belgilandi. 1930-yil fevral oyida Suzoq qishlogʻida sovetlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi[5]. 1936-yil 5-dekabrda ASSR RSFSR tarkibidan ajralib chiqdi va Sovet Ittifoqining toʻliq ittifoqdosh respublikasi boʻlgan Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi[1].

Qozogʻiston ASSR yaqinda kengaytirilgan Qirgʻiz ASSRni almashtirgan. Bu respublika hozirgi Qozogʻistonning butun hududi, shuningdek, Oʻzbekiston (Qoraqalpoq avtonom viloyati), Turkmaniston ([Qoraboʻgʻoz-goʻl]]ning shimoliy qirgʻogʻi), Rossiyaning (qisman Orenburg viloyati) bir qismini qamrab olgan. Bu hududlar keyingi oʻn yillikda Qozogʻiston ASSRdan boshqa respublikalarga oʻtkazildi.

ASSRning maʼmuriy boʻlinmalari uning tarixida bir necha bor oʻzgardi. 1928-yilda Qirgʻiz ASSRdan meros boʻlib qolgan guberniyalar, maʼmuriy tumanlar tugatildi va ularning oʻrniga 13 ta okrug va rayon tashkil etildi. 1932-yilda respublika oltita yangi yirik oblastga boʻlindi. Bular quyidagilar edi:

1935-yil 31-yanvarda yuqorida sanab oʻtilgan oltita oblast va yangi Karkaralinsk okrugini oʻz ichiga olgan yana bir hududiy boʻlinish amalga oshirildi.

  1. Qozoq alifbosi oʻtgan asrda bir necha marta oʻzgardi va respublika nomining koʻrsatilishi ham mos ravishda oʻzgardi:
    • 1925–1939: قازاقستان آفتونومیالی آلەۋمەتچل كەڭەس رەسپۋبلیكاسی (Arab yozuvi)
    • 1929–1936: Qazaƣьstan Aʙtonomьjalь Satsьjaldьq Keꞑester Respɵʙlijkesi (1929 Lotin yozuvi)
  2. Turli manbalarda turli yillar koʻrsatilgan.
  1. 1 2 3 4 Grigol Ubiria. Soviet Nation-Building in Central Asia: The Making of the Kazakh and Uzbek Nations. Routledge, 2015. p. 124. ISBN 9781317504351
  2.  Chisholm, Hugh, ed. (1911) "Kirghiz" Encyclopædia Britannica 15 (11chi nashri) Cambridge University Press 827829 b
  3. The International Year Book and Statesmen's Who's who (en). Burke's Peerage Limited, 1991 607-bet. 
  4. Vladimir Babak, et al., eds. Political Organization in Central Asia and Azerbaijan: Sources and Documents. Routledge, 2004. p. 90. ISBN 9781135776817
  5. Niccolò Pianciola; Paolo Sartori (2013). "Interpreting an insurgency in Soviet Kazakhstan: The OGPU, Islam and Qazaq 'Clans' in Suzak, 1930". Islam, Society and States Across the Qazaq Steppe: 297–340.