Qoziboqar Sindarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qoziboqar Sindarov Sindarovich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1924-yil
Sirdaryo viloyati Forish tumani
Vafoti 1994-yil
Siyosiy partiyasi КPSS
Mukofotlari

Qoziboqar Sindarov Sindarovich — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.  Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoziboqar Sindarov 1924-yilda Sirdaryo viloyatining Forish tumanida dunyoga kelgan.

Iqtisodchi olim KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi, shuningdek, Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi hamda 19-o‘ziyurar artilleriya brigadasi motorli batalonining avtomatchi hisoblangan. 1946-yildan Sindarov mamlakatdagi  iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarda faoliyat ko‘rsata boshlagan. 1946-1984-yillarda — Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanidagi ,,Leningrad" kolxozida dastlab hisobchi, keyinchalik turli mas’ul vazifalarda ishlagan va ushbu kolxozda  rais lavozimigacha ko‘tarilgan.

Qoziboqar Sindarov SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1976-yil 25-dekabrdagi Farmoni bilan Lenin ordeni, ,,O‘roq va Bolg‘a" oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni berilgan.

Iqtisodchi Qoziboqar Sindarov 1994-yilda vafot etgan.

Farzandlari: Sindarov Saidazim Qoziboqarovich, Sindarov Beknazar, Sindarov Akromjon, Sindarov Azimjon, Sindarov Qahramon va boshqalar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sindarov, Qoʻzibakar // Paxtachilik entsiklopediyasi 2 jildda. — O‘zbek Sovet Ensiklopediyasining bosh nashri, 1985 yil — 2-tom. — C. 241.
  • Buyurtmalar